#Bitcoin narxi o‘sishda davom etib, 2022-yil 1-iyundan beri ilk bor 31,3 ming dollardan oshdi. Shuningdek, aktiv so‘nggi 13 oy ichida yangi yuqori ko‘rsatkichni qayd etib, 31,38 ming dollarga yetdi. Kun davomida #BTC narxi 1,1 foizga ko‘tarildi. Hozir, Moskva vaqti bilan soat 9:30 da, bitkoin 31 000 dollardan sotilmoqda.

Bitkoin kursining o‘sishi #NASDAQ birjasi BlackRock kompaniyasining spot bitkoin ETF’ini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ikkinchi ariza topshirgani ma’lum bo‘lganidan keyin boshlandi.