Ijtimoiy tarmoq platformasi Twitter foydalanuvchilar kuniga o‘qishi mumkin bo‘lgan postlar sonini vaqtincha cheklamoqda. Bunga “ma’lumotlarni haddan tashqari ko‘p yig‘ib olish va tizimni manipulyatsiya qilish” holatlari sabab bo‘lgan, deya ma’lum qildi ijrochi rais Elon Mask.

Mask 1-iyuldagi postida vaqtinchalik cheklovlarga ko‘ra, tasdiqlangan akkauntlar kuniga 10 000 tagacha, tasdiqlanmagan hamda yangi tasdiqlanmagan akkauntlar esa mos ravishda 1 000 va 500 tagacha post o‘qiy olishini aytdi: