Kriptovalyutalar raqamli valyutaning bir turidir. Ulardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish yoki ularni sotish mumkin, ammo ular markaziy banklar tomonidan chiqarilmaydi va an’anaviy moliyaviy muassasalarda saqlanmaydi.
Buning o‘rniga, ular markazlashmagan. Bu balanslar va tranzaksiyalar haqidagi yozuvlar banklar yoki to‘lov xizmatlari tomonidan nazorat qilinmasligini, aksincha, maxsus dasturiy ta’minot yordamida hamma narsani kuzatib borishga ko‘ngilli bo‘lgan odamlar tomonidan saqlanishini anglatadi.
Ko‘ngillilar bu ishda qatnashadi, chunki shu orqali ular pul to‘lamasdan qimmatli kriptovalyuta ishlab topish imkoniga ega bo‘ladilar.
Kriptovalyutalar qiymati yuzasidan kuchli spekulyatsiya so‘nggi bir necha yil ichida ushbu sohadagi aktivlar soni va qiymatining keskin oshishiga olib keldi — ular 2021-yil noyabrida eng yuqori nuqtaga yetib, 2022-yil bahorida qulab tushdi.