Melaniya Tramp homiylikdagi bolalar uchun NFT to‘plamini taqdim etdi

AQShning sobiq birinchi xonimi va prezident Donald Trampning rafiqasi Melaniya Tramp nofungibil tokenlar (NFT) olamiga qadam qo‘ydi. U Mustaqillik kunini nishonlash uchun Amerikaning mashhur maskanlari aks etgan yangi NFT to‘plamini taqdim etdi.

29-iyun kuni Melaniya Tramp Solana tarmog‘ida NFT to‘plamini ishga tushirganini e’lon qildi. To‘plam “Mustaqillik yili”ni ifodalovchi 1 776 ta NFTdan iborat. NFTlarda mamlakatning turli joylarida, jumladan, Ozodlik qo‘ng‘irog‘i va Rashmor tog‘ida olingan suratlar aks etgan. Har bir NFTda vatanparvarlik ruhidagi musiqa ham bor.

Manba: crypto.news.com

#NFT #NFTCommmunity #crypto2023