: Moliyaviy gigantlarning spot Bitcoin ETF’larini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi so‘nggi arizalari fonida Bitcoin narxi keskin ko‘tarilgach, AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) arizalardagi texnik nomuvofiqliklarni qayd etdi. Natijada treyderlar kayfiyati o‘zgardi: juma kuni tiklanishidan oldin Bitcoin narxi qisqa muddatga keskin tushib ketdi. So‘nggi ikki hafta ichida Blackrock, Valkyrie, Bitwise, Invesco, Fidelity va WisdomTree tomonidan spot Bitcoin birja fondlarini (ETF) ro‘yxatdan o‘tkazish uchun berilgan ko‘plab arizalar kripto bozori narxlarining keskin ko‘tarilishiga turtki bo‘ldi
Juma kuni Wall Street Journal nashri SEC rasmiylaridagi manbalarga tayanib, yaqinda topshirilgan spot ETF arizalari talabga javob bermasligini xabar qildi. Regulyatorlarning aytishicha, hujjatlar aniq va to‘liq bo‘lmagan, chunki kripto birjalari bilan kuzatuv ma’lumotlarini almashish kelishuvi tafsilotlari keltirilmagan. Biroq, bu katta ehtimol bilan hujjatlardagi ma’lumotlar to‘liq emasligi sababli arizalarni qayta topshirish talabi bo‘lishi mumkin
AQSh SECining arizalar haqidagi xabariga bozorning munosabati yuzasidan fikr bildirgan taniqli tahlilchi Will Clemente, treyderlar BlackRock va Fidelity qayta topshirishda tuzatishi mumkin bo‘lgan oddiy texnik masalaga haddan tashqari munosabat bildirgan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Shu sababli, aktivlarni boshqaruvchi kompaniyalarning qayta topshirgan arizalarida kuzatuv ma’lumotlarini almashish kelishuvi uchun ular bilan bog‘langan Bitcoin birjasi sifatida Coinbase tilga olinishi mumkin
SEC spot Bitcoin ETF arizalari bo‘yicha rasman qaror chiqarganida, bu kelgusi uzoq vaqt davomida bozorga katta ta’sir ko‘rsatadigan voqeaga aylanishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, SECning yaqinda qo‘zg‘atgan da’volari yuzasidan ko‘pchilik AQShda joylashgan Coinbase kripto birjasiga Binance bosh direktori CZga qo‘yilgan keskin ayblovlarga qaraganda boshqacha munosabatda bo‘linganini his qilgan, holbuki har ikki ishda ham qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonunlar buzilgani aytilgan
