Cryptoslate xabariga ko‘ra, Fidelity Investments 29-iyun kuni Wise Origin Bitcoin Trust deb nomlangan spot Bitcoin birja fondi (ETF) uchun arizasini qayta topshirdi.

Fidelity arizani ilk bor 2021-yilda topshirgan, biroq u boshqa spot Bitcoin ETF arizalari bilan birga 2022-yil yanvarida SEC tomonidan rad etilgan. Bugungi kungacha spot Bitcoin ETF uchun ariza topshirgan birorta ham muassasa ma’qullashga erishmagan.

Biroq, BlackRock’ning spot Bitcoin ETF’i institutsional qiziqish to‘lqinini yuzaga keltirganga o‘xshaydi. Fidelity iyun oyining boshida BlackRock’ning o‘z arizasi ortidan boshlangan shunday qayta arizalar qatoriga qo‘shilgan eng so‘nggi kompaniya bo‘ldi.

29-iyun holatiga ko‘ra, SECga Bitcoin spot ETF uchun topshirilgan to‘qqizta ariza ko‘rib chiqilmoqda. Boshqa arizalarni Ark Invest, 21Shares, Bitwise, WisdomTree, Invesco, Valkyrie va VanEck topshirgan.

BlackRockdan tashqari barcha kompaniyalarning arizalari so‘nggi ikki yil ichida SEC tomonidan rad etilgan. BlackRockning ETFlarni tasdiqlash borasida uzoq tarixi bor — 575 ta ETF tasdiqlangan, faqat bittasi rad etilgan. Shu bois bozorlar bu ariza ham tasdiqlanishiga umid bilan qaramoqda.

#BTC #ETF #SEC