Kristiano Ronalduga Binance sabab sudga tortildi

Portugaliyalik futbolchi Kristiano Ronaldu Binance ishi bilan bog‘liq. Ronaldu Binance’ni targ‘ib qilgani uchun “class action” (ommaviy da’vo) ishiga tortildi.
Class action da’vogarlari Maykl Sayzemor, Mikey Vongdara va Gordon Luis bo‘lib, ular zarar uchun tovon puli hamda huquqiy xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ so‘ramoqda.
Cointelegraph’ga asosan, Ronalduga qarshi da’vo Florida shtati okrug sudiga kiritilgan. U Ronaldu “Binance bilan hamkorlikda ro‘yxatdan o‘tmagan qimmatli qog‘ozlarning taklifi va/yoki savdosini targ‘ib qilish, ko‘maklashish va hamda/ yoki faol ishtirok etish”da ayblanayotganini aytiladi.
Shu bilan birga, Ronaldu 2022-yil o‘rtalarida Binance bilan hamkorlik qilgan. Binance Ronaldu mavzusidagi bir qator NFT’larni ishga tushirdi. Ushbu hamkorlik Binance’ga yuz minglab foydalanuvchilarni jalb qilgani da’vo qilinadi.
Da’voda Ronaldu Binance ro‘yxatdan o‘tmagan kripto qimmatli qog‘ozlarini sotayotgani haqida bilishi kerak edi, chunki uning investitsiya tajribasi va tashqi maslahatchilarni jalb qilish uchun imkoniyatlari keng.
Da’vo, shuningdek, AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi (SEC) yo‘riqnomalarini keltiradi: u mashhurlarga kripto reklama qilish uchun olingan to‘lovlarni oshkor etishni ogohlantiradi; da’volarga ko‘ra, Ronaldu buni qilmagan.

Binance va Changpeng Zhao ishi
#
Ayni paytda Binance va uning asoschisi Changpeng “CZ” Zhao pul yuvish va ro‘yxatdan o‘tmagan pul o‘tkazish biznesini yuritish bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlar bilan bog‘liq aybiga iqror bo‘lib, AQShga 4,3 milliard AQSh dollari miqdorida kelishuv to‘lovi to‘lashga rozi bo‘lgan.
Zhao Binance’ning bosh direktori (CEO) lavozimidan iste’foga chiqdi va endi kelasi yil boshida bo‘lib o‘tadigan ilk sud jarayonini kutmoqda. Unga AQShdan chiqish taqiqlangan va 18 oylik qamoq jazosi xavfi mavjud.
Hozirda Binance’ga Richard Teng rahbarlik qilmoqda; u ilgari Amerika Qo‘shma Shtatlaridan tashqari barcha hududlarda Binance’ga mas’ul bo‘lgan.