📣Bitkoinning yarmilanishi 💸, ya’ni “halving” deb ataladigan hodisa kriptovalyutalar olamida muhim voqea bo‘lib, taxminan har to‘rt yilda bir marta sodir bo‘ladi. U uch kun ichida yuz berishi kutilmoqda. Bu hodisa vaqtida bitkoin qazib olish mukofoti ikki baravar kamayadi, natijada bozordagi yangi bitkoinlar taklifi qisqaradi.
🔴Nega bitkoinning yarmilanishi muhim hisoblanadi?
¹• Taklif va talabga ta’siri: Mayning mukofoti kamaygani sababli, yangi bitcoinlar taklifi qisqaradi. Agar talab o‘zgarishsiz qolsa yoki oshsa, bu narxning ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin.
²• Maynerlarga ta’siri: Halving maynerlarni investitsiyalarini qayta ko‘rib chiqishga va mayning uchun qulay vaqtni tanlashga majbur qiladi.
³• Investorlarga ta’siri: Halving narxning ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan hodisa hisoblanadi, shu bois investorlar uchun investitsiya qilishning ayni muddaosi bo‘lishi mumkin. Biroq investorlarga bozor tebranishlariga tayyor turish va darhol favqulodda katta daromad kutmaslik tavsiya etiladi.
🔴Bu Bitcoin narxi uchun nimani anglatadi?
Tarixan Bitcoin narxi halvingdan oldin ham, keyin ham ko‘tarilgan. Biroq bozorlar oldindan aytib bo‘lmaydigan bo‘lishi mumkinligini va avvalgi holatlar kelajak uchun kafolat emasligini yodda tutish kerak.
Nega bu investorlar uchun muhim❓
Investorlar uchun halving o‘z pozitsiyalarini strategik jihatdan baholash imkoniyatidir. Taklifning qisqarishi talabning oshishiga olib kelishi va natijada narxlarni ko‘tarishi mumkin. Biroq investorlarga sabrli bo‘lish va investitsiyaga strategik yondashish tavsiya etiladi.
📌Xulosa qilib aytganda, Bitcoin halvingi — investorlar diqqat bilan kuzatadigan hodisa, chunki u Bitcoin narxi va umuman bozorga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
