2016-yildan beri faol ravishda kriptodayman. Shu vaqtgacha 2 marta buqa, o‘nlab marta esa pasayishni ko‘rdim. 2020-yil mart oyidagi covid qulashi ham xuddi shunga o‘xshash bo‘ldi: barcha koinlar bir kechada 50-60-70-80%ga eridi. Yana #BTC ning 1-2 kun ichida 60.000 dan 30.000 ga tushib ketgan 2021-yil may oyidagi pasayish ham ayni holat. Juda ko‘p bor ko‘nglim qolgan. Lekin bozor shunday bozor: bir olganda 100 berishi ham mumkin. Hatto 300-500x qilib berishi ham mumkin. Ishlar shunday joyga yetdiki, nazarimda, yillar bergan tajriba bilan “o‘lyapmiz, bitayapmiz” degan pallarga endi tabassum bilan qarayapman. Chunki voqealar siklini ozmi-ko‘pmi bilaman. Keyingi qadam nima bo‘lishini ham ozmi-ko‘pmi taxmin qilaman. Bu bir sikl va bu sikl bir qator krizislar bilan doim AQShning pul bosishi bilan yakun topadi. Bundan tashqari, kripto bir necha yil oldingidek endi o‘gay farzand muomalasini ko‘rmayapti. Umidingizni yo‘qotmang, 2024-yilning 4-choragidan boshlab katta kripto buqasiga “xush kelibsiz” deymiz. Faqat sermayangiz bo‘lsin. Bilmasangiz, ko‘targichga ham o‘zingizni aralashtirmang. Bilsangiz ham ehtiyotkorona yondashing. Hammasining ham chorasi bor. Hammamizga baxtli hafta tilayman.
#Binance