Ma’lumki, Fintoch loyihasi «“HyBriid” eksklyuziv blokcheyn xavfsizligi texnologiyasi foydalanuvchilarga blokcheynga sarmoya kiritishda haqiqiy nol xatardan bahramand bo‘lish imkonini beradi» deb da’vo qilib, Morgan Stanley nomidan foydalanib, dunyo bo‘ylab millionlab investorlarni aldadi.

2023-yil 23-maydan boshlab Fintoch barcha investorlarning mablag‘ yechib olishini to‘xtatdi. Shundan so‘ng Fintoch’ning o‘z blokcheyni ishga tushgani, barcha kredit berish va olish shartnomalari FTC blokcheyniga ko‘chirilayotgani hamda 2023-yil 1-iyundan boshlab butun tizim qayta ishga tushishi aytildi. Shuningdek, hamma o‘z mablag‘larini yechib olishi mumkinligi bildirildi. Ammo bunday bo‘lmadi — bu shunchaki yolg‘on edi!

Fintoch barcha investorlarning pullarini ularning roziligisiz maʼnosiz naqd pul vaucheriga aylantirdi va investorlar majburan tugunga obuna qilindi.

Investorlarga Fintoch blokcheyni ishga tushishi, uning mahalliy tokeni FTC bo‘lishi va FTC qazib olinishi aytilgan. Uning mukofoti hammaga berilishi va har kim bu mukofotni almashtira olishi vaʼda qilingan.

Shunday yirik firibgarlikka qaramay, Fintoch investorlarni turli xil vasvasalar bilan tinimsiz o‘ziga jalb qilmoqda.

Texnik maʼlumotlarga ko‘ra, FINTOCH hali hech qanday blokcheynni ishga tushirmagan. Fintoch, shuningdek, BSC SMARTCHAIN’da o‘zining FTC nomli tokenini yaratgan, uning shartnoma manzili: 0x4C3145CB6285eb269c37685e05Ff8C6684A70eC7

Token Sniffer’da ushbu FTC tokenining dastlabki bahosi atigi 45/100 edi, hozir esa u 25/100 gacha tushdi.

Oddiy investor FTC qazib olish mukofotini almashtirmoqchi bo‘lganida, FTC berib, evaziga USDT olishini tushunishi kerak

FTC mukofoti qancha hosil bo‘lishidan qatʼi nazar, uni almashtirish uchun yetarli likvidlik kerak

FTC tokeniga yetarli likvidlik kiritilgandagina USDT olish mumkin. Hozir Fintoch oddiy investorlaridan ushbu likvidlikni tizimga kiritishni so‘ramoqda. Demak, Fintoch’ning FTC TOKEN’i yetarli likvidlikka ega bo‘lmagan firibgar token ekanligi ayon. Fintoch o‘z investorlarini likvidlik kiritishga majburlamoqda, shu tariqa investorlarni ruhiy ekspluatatsiya qilish ham boshlangan.

Fintoch bularning barchasini kiberjinoyatlarga qarshi kurashuvchi idoralarning har qanday qonuniy choralaridan qochish uchun qilayotgan bo‘lishi mumkin

Oddiy investor bunday firibgarliklardan qochishi va kripto ekotizimini tushunishi kerak. Kripto ekotizimidan bexabarlik tufayli oddiy investor firibgarlik qurboniga aylanadi.