O‘qish vaqti: 2 daqiqa
Bugun, 9-aprel, seshanba kuni, bozordagi 10 ta raqamli valyuta reytingida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi.
Bozor ma’lumotlariga ko‘ra, TonCoin (TON) bozor qiymati bo‘yicha Cardano (ADA)dan o‘zib ketib, bozorda to‘qqizinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu TON tokeni narxining oshishi va rekord darajaga yetishi bilan bir vaqtda yuz berdi.
Bir necha soat oldin TenCoin narxi 6,98 dollar atrofida yangi rekordni qayd etdi. Maqola yozilayotgan paytda TON narxi 6,90 dollar atrofida bo‘lsa-da, kunlik hisobda hanuz 25% dan ko‘proqqa oshgan.
Narxning o‘sishi bilan bir vaqtda, TenCoin’ning bozor qiymati ham 23,93 milliard dollarga yetib, bu borada Cardano’dan o‘zib ketdi
Ammo Tencoin’ning sezilarli o‘sishiga nima sabab bo‘ldi? So‘nggi paytlarda raqamli valyuta uchun ko‘plab ijobiy signallar kuzatildi. Jumladan, shu oy boshida Telegram o‘z platformasidagi to‘lovlar uchun yevrodan voz kechib, TON tokeniga o‘tishga qaror qildi.
Shu munosabat bilan, ushbu messenjer ilovasida reklama beruvchilar va kontent yaratuvchilar uchun TON orqali to‘lov qilish imkoniyati faollashtirilgani ham The Open Network’dagi faollikni oshirdi.
TonStat platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, Open Network’dagi akkauntlar soni so‘nggi bir oyda deyarli ikki baravar oshib, taxminan 12 millionga yetdi. Bundan tashqari, o‘tgan oy ushbu tarmoqdagi faol hamyonlar soni 77 foizga ko‘payib, taxminan 3 millionga yetdi.
Biroq TenCoin’ning so‘nggi paytdagi o‘sishiga sun’iy intellekt sari yo‘nalish olish asosiy sabab bo‘ldi.
Open Network ishlab chiquvchilari Telegram foydalanuvchilarini kaftni skanerlash texnologiyasi yordamida shaxsini tasdiqlashga undash uchun 5 million dollarlik TON tokenlarini ajratdi