Nomuraning raqamli aktivlar bo‘linmasi so‘roviga ko‘ra, professional investorlar kriptoga hanuz qiziqish bildirmoqda, biroq o‘zlari tavakkal qilishdan oldin yirik an’anaviy moliya institutlarining qo‘llab-quvvatlashini ko‘rishni istashadi.

So‘nggi haftalarda Qo‘shma Shtatlardagi tartibga solish borasidagi noaniqlik kuchaygani va mamlakat kengroq kripto sanoatiga qarshi choralar ko‘rayotgani sababli institutsional investorlarning kriptoga qiziqishi susaydi.

Aprel oyida o‘tkazilgan Laser Digital Investor Survey so‘rovida qatnashgan professional investorlarning 90 foizi har qanday kriptoaktiv fondi yoki investitsiya vositasiga mablag‘ kiritishni ko‘rib chiqishdan oldin, uni «yirik an’anaviy moliya instituti» qo‘llab-quvvatlashi muhimligini aytgan. Bundan tashqari, respondentlarning 96 foizi raqamli aktivlarni an’anaviy aktivlar sinfiga qo‘shimcha ravishda investitsiyalarni diversifikatsiya qilish imkoniyati deb bilgan.

https://twitter.com/LaserDigital_/status/1582259218253778944

Sohadagi kuzatuvchilar BlackRock’ning spot ETF arizasidan so‘ng institutsional investitsiyalar ko‘payishini taxmin qilmoqda. Bundan tashqari, so‘rovda qatnashgan professional investorlarning 82 foizi kelgusi 12 oyda umuman kriptoaktivlar sinfiga nisbatan nekbin fikr bildirdi. Ular, xususan, Bitcoin (BTC) va Ether’ni (ETH) Web3 iqtisodiyotining poydevori hamda uzoq muddatli investitsiya imkoniyatlari manbai sifatida tilga oldi.

https://twitter.com/MsCryptomom1/status/1669489355130384385

Laser Digital bosh direktori doktor Jez Mohideen tadqiqot institutsional investorlar raqamli aktivlar investitsiyalarni boshqarish sohasida muhim o‘rin tutishini va ular portfellarni yanada diversifikatsiya qilish kabi afzalliklar berishini anglashini ko‘rsatishini ta’kidladi. Biroq respondentlarning qariyb to‘rtdan uch qismi huquqiy yoki tartibga solish bilan bog‘liq cheklovlar ularning kompaniyalari yoki mijozlariga kriptoga aloqador fondlar yoki mahsulotlarga sarmoya kiritishga to‘sqinlik qilishi mumkinligini bildirdi.

Noyabr oyida FTX qulashi ortidan global regulyatorlar raqamli aktivlar sektorini yanada sinchiklab kuzata boshladi, biroq ko‘plab mamlakatlar yangi aktivlar sinfi uchun qoidalarni faol ravishda joriy etmoqda.

Laser Digital Yevropa, Yaqin Sharq, Osiyo, Janubiy Afrika va Lotin Amerikasidagi 21 mamlakat institutsional investorlari o‘rtasida mustaqil global so‘rov o‘tkazdi. So‘rovda jami 4,9 trillion dollarlik aktivlarga ega 300 dan ortiq institutsional investor, jumladan, boylikni boshqaruvchilar, pensiya fondlari, xedj-fondlar, investitsiya fondlari va sug‘urta aktivlarini boshqaruvchilar ishtirok etdi.

Nomura sentyabr oyida kriptovalyuta yo‘nalishidagi sho‘ba kompaniyasi Laser Digital’ni tashkil etdi. Mohideenga ko‘ra, Yaponiya bank gigantining sho‘ba korxonasi kripto sanoatining navbatdagi o‘sish bosqichi uchun Osiyoga e’tibor qaratmoqda. Yaponiyadagi va Gonkongdagi tartibga solish qoidalarining aniqligi chakana investorlar ishtirokini oshirishi kutilmoqda.