Salom sizga 🫵🏼

Kecha kriptoga hamqadam bo‘lishga vaqtingiz yo‘qmi? Xavotir olmang, men muhim yangiliklarni saqlab qo‘ydim 💼

Sho‘ng‘ishga tayyormisiz? 〽️

🖖 Cosmos asoschisi jamoa token inflyatsiyasini 14% dan 10% gacha kamaytirishga ovoz berganidan keyin zanjir bo‘linishi (chain split)ga chaqirmoqda.

⛏️ Kripto-miner Hive Shvetsiyaga yangi data-markaz va yer sotib olish bilan kon qazish operatsiyalarini kengaytirmoqda.

🌪️ Binance ro‘yxatdan (delisting) chiqarilgach, Tornado cash tokeni 45% ga pasaydi.

🇧🇷 OKX Braziliyada kripto birjasi va hamyon xizmatlarini ishga tushirmoqda.

▶️ HTX birjasi xakerliklardan keyin kripto xizmatlarini qayta tikladi, to‘liq ish rejimi esa kelasi haftada kutilmoqda.

🛫 Adliya vazirligi CZni “boshqarib bo‘ladigan parvoz xavfi” deb aytdi, ammo u AQShda qolsa, hukm chiqarilguniga qadar erkinligini saqlab qolishini istaydi.

🔀 BanklessHQ va Bankless DAO Arbitrum uchun $arbdagi $1.8 millionlik grant taklifi atrofida jamoatchilik noroziligi fonida brend ajralishini (brand separation) muhokama qilmoqda.

🇯🇵 Circle USDC aylanmasini Yaponiyada oshirish uchun SBI Holdings bilan hamkorlik qilmoqda.

🚪 “Xizmat sifatida firibgarlik” (Scam-as-a-service) bo‘lmish Inferno Drainer $70 million kripto o‘g‘rilashiga yordam berganidan so‘ng yopilmoqda. Ularning xayrlashuv so‘zlari: “Umid qilamiz, siz bizni hamisha mavjud bo‘lgan eng zo‘r drainer sifatida eslab qolasiz”.

🗣️ Paradigm Blast Network’ni chekinish yoki Layer 2 funksionaligini yo‘lga qo‘ymasdan turib ko‘prik ishga tushirgani uchun tanqid qildi. Paradigm — Blast’ning urug‘ bosqichi investori.

🎗️ Amerika Saraton Jamiyati markazlashtirilmagan saraton tadqiqotlari uchun mablag‘ yig‘ishda Gitcoin’dan foydalanmoqda.

🍌 Firibgarlar guruhi BAYC egasi Crumzni Forbes xodimi sifatida ko‘rsatib, intervyu o‘tkazishga urindi. Yaxshiyamki, ular uddalay olmadi.

#dailysummary #newsbrief