
SEC Binance, CZ va ularga aloqador kompaniyalarning mablag‘larini muzlatishni so‘radi, biroq birjaning advokatlari bunga qo‘shilmayapti.
Aniqrog‘i, SEC hozirda Binance.US’ning operatsion kompaniyalari hisoblarida turgan aktivlarni muzlatishni talab qilmoqda. Bu holatda gap BAM Management US Holdings va BAM Trading Services haqida ketmoqda,
Binance yuridik jamoasi mablag‘larini muzlatish haqidagi sud qarori so‘rovini SECning «haddan tashqari keskin va asossiz» harakati sifatida ta’rifladi.
Avvalroq agentlik «mijozlarning eng yaxshi manfaatlarini ko‘zlab» harakat qilayotganini, shuningdek, «javobgarlarning sud ishiga aloqador hujjatlarni yo‘q qilishi, o‘zgartirishi yoki yashirishining oldini olish» maqsadida ish tutayotganini aytgan edi.
Biroq, Binance advokatlari SEC bu holat yuz berishi mumkinligini tasdiqlovchi yetarli dalillarni taqdim etmayotganini da’vo qilmoqda. Aksincha, ularning arizasi «faqat javobgarlar BAM Holding va Zhao mamlakat tashqarisida joylashgani sababli aktivlar AQShdan tashqariga o‘tkazilishi mumkin degan xavotirlarga borib taqaladi».