CUDOS Intercloud

CUDOS Network tomonidan yaratilgan markazlashmagan taqsimlangan bulutli hisoblash platformasi — CUDOS Intercloud bir necha oy oldin ishga tushirilgan. Ushbu virtual xizmatlar provayderi Web3 sohasidagi yakuniy foydalanuvchilar va tashkilotlarning markazlashmagan hamda bulutli infratuzilmalarga bo‘lgan hisoblash ehtiyojlarini qondiradi.

Sizda quyidagiga o‘xshash savollar tug‘ilishi mumkin: Nega CUDOS Intercloud’dan foydalanishim kerak? Ushbu maqolada CUDOS Intercloud’ning blokcheyn sohasida va undan tashqarida faoliyat yurituvchi boshqa bulutli xizmatlar provayderlariga nisbatan ustunliklari yoritiladi.

Bulutli xizmatlarning ko‘plab afzalliklari bor: miqyoslash va moslashuvchanlik, xarajatlarni tejash, ma’lumotlar yo‘qolishining oldini olish, ilg‘or xavfsizlik va boshqalar. CUDOS Intercloud’ning bu boradagi vazifasi — ushbu bulutli xizmatlarni #Web3 sohasiga joriy etish, toki yakuniy foydalanuvchilar va tashkilotlar ulardan oson foydalanishlari mumkin bo‘lsin.

CUDOS Intercloud’ning an’anaviy bulutli xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarga nisbatan afzalliklaridan ba’zilari:

1. Oson ishga tushirish:

CUDOS Intercloud’da Virtual Mashina (VM) nusxalarini ishga tushirish imkon qadar oson. Buning uchun hamyoningizni ulang, to‘lovni amalga oshiring va VM nusxangizni ishga tushiring.

2. Kriptovalyutada to‘lovlar:

Bu blokcheyn sohasidagi yakuniy foydalanuvchilar uchun katta muammo bo‘lib kelgan, chunki boshqa bulutli xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar kriptovalyutada emas, balki fiat valyutada to‘lov qabul qiladi. CUDOS Intercloud kriptoaktivlar bilan to‘lovlarni joriy etish orqali bu muammoni hal qiladi. Bu xususiyat butun Web3 sohasi uchun katta yengillik bo‘lishi mumkin.

3. KYC talab qilinmaydi:

Bu blokcheyn sohasida bulutli xizmatlardan foydalanmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilar duch keladigan yana bir noqulaylikdir. Ayniqsa, bu sohada markazlashmaganlik tamoyiliga amal qilinishini hisobga olsak. CUDOS Intercloud KYC’dan o‘tmasdan VM nusxalarini ishga tushirish imkonini berib, bunday qiyinchiliklarga duch kelgan foydalanuvchilarga yordam beradi.

4. Yuqori darajadagi infratuzilmalar:

Bu CUDOS Intercloud’ni boshqa ko‘plab bulutli xizmat ko‘rsatuvchi provayderlardan ustun qo‘yadigan yana bir ajoyib xususiyatdir. Yuqori darajadagi infratuzilmalar ishga tushirilgan VM nusxalaringizning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi. Shuningdek, ular sun’iy intellektdan tortib vizual effektlargacha bo‘lgan turli vazifalar uchun juda mos bo‘lgan GPU’larni ko‘paytirib kelmoqda.

Batafsil ma’lumot uchun Cudos.org saytiga tashrif buyuring