O‘tgan hafta kripto bozoridagi tebranishlar eng kuchli ta’sirni Solana’ga ko‘rsatdi: DeFi protokollarida bloklangan umumiy qiymat (TVL) 60% ga kamayib, 14-noyabr holatiga ko‘ra 377 million dollarga tushdi. So‘nggi bir hafta ichida Solana’ning bozor qiymati taxminan ikki baravar kamaydi.
So‘nggi bir hafta ichida SOL narxi 56% ga keskin tushdi. 7–14-noyabr kunlari token narxi 12,93 dollar darajasigacha pasaydi. CoinGecko ma’lumotlariga ko‘ra, 14-noyabr kuni soat 12:00 (GMT+2) holatiga ko‘ra, SOL 14,45 dollardan sotilmoqda. Bu davrda Solana’ning bozor qiymati 50% ga kamayib, 5,2 milliard dollarga yetdi.