Umuman olganda, kriptovalyuta nima?
Kriptovalyutalar — blokcheyn texnologiyasiga asoslangan, qalbakilashtirib bo‘lmaydigan raqamli valyuta turi. Eng taniqli kriptovalyuta bo‘lgan bitkoin 2009-yilda chiqarilgan va 2010-yilda birja platformalarida savdo qilina boshlangan.
Blokcheynning o‘zi haqida-chi? Kriptovalyuta jurnalisti va podkasteri Laura Shin Marketplace’ga buni quyidagicha tushuntirgan: uni Google elektron jadvaliga o‘xshatish mumkin.
Bu banklar mijozlarining mablag‘lari hisobini yuritish uchun ishlatgan eski daftarlariga o‘xshaydi. Faqat bu ancha murakkabroq. Shinning aytishicha, blokcheyn hammaga istalgan vaqtda ko‘rinadigan yagona hisob daftariga ega bo‘lish imkonini beradi.
Shin bitkoinni valyutaning yanada shaffof shakli deb hisoblashini va vaqt o‘tishi bilan uning negizidagi texnologiya moliyaviy operatsiyalarni arzonroq amalga oshirish imkonini berishi mumkinligini aytdi.