ㅤ

Biz NFT bozori rivojlanish tarixini va bu jarayon ETH hamda SOL va Canto kabi boshqa blokcheynlarda qanday kechganini ko‘rdik. Endi navbat BTC’da... Tarix bizga nimani o‘rgatadi va Ordinals bilan bizni nimalar kutmoqda? 📊

➡️ Agar loyihaning asosiy ustunligi uning platformasi bo‘lsa, e’tibor yangi loyihalar va platformalarga ko‘chishi bilan bu ustunlik vaqt o‘tishi bilan yo‘qoladi. Faqat «shov-shuvli» blokcheynda yaratilgani uchun sotib olingan har qanday NFT oxir-oqibat barbod bo‘ladi.

➡️ Umuman olganda, Ordinals katta salohiyatga ega, ammo aksariyat kolleksiyalarning o‘ziga xos jihati yo‘q. Balki bugungi barcha Ordinals kolleksiyalari «erta» chiqqani uchun qimmatli bo‘ladi, deb o‘ylarsiz. Biroq aksariyat ilk NFTlarga talab kam.

↪️ Odamlar dolzarblikni tarixiy qiymatdan 100 baravar ko‘proq qadrlashadi.

Ilk NFT loyihalari jadvaliga shunchaki qarang va ulardan qanchasini bilishingizni ko‘ring. Cryptopunks va Autoglyphs kabi qimmatli loyihalar bundan mustasno. Ular, shuningdek, muhim texnik yangiliklar edi.

➡️ E’tiborni jalb qilish qobiliyati — ahamiyatga ega bo‘lgan yagona narsa. “Ilk” va “texnologik jihatdan innovatsion” degan jihatlar ayrim Ordinals loyihalariga e’tibor qaratilishiga sabab bo‘ladigan asosiy omillardir va ular qiymatini osmonga ko‘taradi. Bundan tashqari, shov-shuv qayerda ko‘tarilsa, pul ham o‘sha tomonga oqadi.

Masalan, $PEPE targ‘ibotidan foyda ko‘rgan 80 ming egasi borligi sababli ommalashdi.

Ordinals loyihalarida odatda yuzlab egalar bo‘ladi va ular minglab egasi bor boshqa NFT loyihalari bilan e’tibor uchun kurashda raqobatlasha olmaydi.

❔ Sizningcha, BTC’dagi NFT egalari soni bo‘yicha ETH’dan o‘zib keta oladimi?

👍 - Ha

👎 - Yo‘q

#ETH #NFTS #BTC