Tengdoshlar o‘rtasidagi savdo — uchinchi tomon yoki vositachining aralashuvisiz, foydalanuvchilar o‘rtasida kriptovalyutalarni bevosita sotib olish va sotishdir.
Tengdoshlar o‘rtasidagi savdo sizga kriptovalyutalarni kim sotib olishini va kimdan xarid qilishni, belgilaydigan narxingizni hamda bitimni amalga oshirish vaqtini tanlash imkonini beradi. Peer-to-peer platformalari xavfsizlikni oshirish uchun “eskrou” deb ataladigan mablag‘ni vaqtincha muzlatib qo‘yish funksiyasidan foydalanadi.
Binance — eng yaxshi va ishonchli eskrou xizmatlarini taqdim etuvchi platformalardan biri.
Bu qanday ishlaydi?
Tomonlardan biri bitim uchun kelishilgan miqdordagi kriptovalyuta yoki pulni yuborganda, mablag‘ eskrou hisobiga tushadi va faqat ikkala tomon ham savdoni tasdiqlagandan keyingina o‘tkazib beriladi. Agar tomonlardan biri bitimdan norozi bo‘lsa, platformaning mijozlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga shikoyat qilishi mumkin, shunda vositachi tomonlar o‘rtasidagi nizoni hal qiladi.
Peer-to-peer platformalari savdogarlarga taqdim etadigan afzalliklari sababli, o‘zini peer-to-peer platformasi sifatida ko‘rsatuvchi ko‘plab platformalar paydo bo‘ldi. Aslida esa ular shunchaki soxta va firibgar platformalardir. Shu sababli, bunday savdoga kirishishdan oldin peer-to-peer platformasining xususiyatlarini bilib olishingiz zarur.