SEC nuqtayi nazariga ko‘ra, Bitcoin va Ethereumdan tashqari deyarli barcha kriptovalyutalar qimmatli qog‘oz hisoblangani sababli kripto bozori qulamoqda.

Agar bu isbotlansa, ushbu kriptovalyutalar quyida rasmda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni har chorakda AQSh🇺🇸 hukumatiga taqdim etishi kerak bo‘ladi.

Agar SEC g‘alaba qozonsa, ikkita ehtimoliy ssenariy yuzaga keladi:

1) Kripto kompaniyalari SECda ro‘yxatdan o‘tib, barcha ma’lumotlarni taqdim etadi va yuqori darajada tartibga solinadigan muhitda boshqa har qanday ro‘yxatdan o‘tgan kompaniya kabi faoliyat yuritadi. Polygon, Solana va boshqa loyihalarning mavjud modellari uchun bu juda qiyin bo‘ladi.

2) Kripto kompaniyalari AQShdan ko‘chib ketadi, bu holda AQSh rezidentlariga ushbu aktivlar bilan savdo qilishga ruxsat berilmaydi. AQShdagi birorta ham birja bu aktivlarni AQSh kripto birjalarida ro‘yxatga olishga ruxsat bermaydi. Kripto kompaniyalari AQShdek bozorni yo‘qotadi va savdo hamda VC’lardan mablag‘ jalb qilish borasida likvidlik inqiroziga duch keladi.

2-scenario eng ehtimoliy holat va biz allaqachon quyidagilarni ko‘ryapmiz:

* Market-meykerlar bozordan chiqib ketmoqda.

* AQSh birjalari kriptovalyutalarni ro‘yxatdan chiqaradi.

* VC’lar yangi va mavjud loyihalarni moliyalashtirmayapti.

Agar ushbu tahlilga qo‘shilsangiz, «Like» tugmasini bosing.

#crypto2023 #cryptocrash #binance #sec #btc