Birinchi qatlam blokcheyni bo‘lgan Solana og‘ir davrlarni boshdan kechirdi va hozirda pasayish tendensiyasini to‘xtatish maqsadida sun’iy intellektni joriy etayotgan blokcheyn hamjamiyatining yetakchisiga aylandi. Yaqinda Solana ChatGPT uchun eng yangi plaginini ishga tushirdi. Undagi funksiyalar o‘zgarmas tokenlarni sotib olish, kriptovalyuta yuborish va blokcheyndagi ma’lumotlarni tahlil qilish imkonini beradi. Bu yangi plaginni GitHub’dan yuklab olish mumkin.

Solana Labs bosh direktori Anatoliy Yakovenkoning aytishicha, u plaginning yangiroq versiyasi aqlli shartnomalarni yozish va ularni blokcheynga joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishini kutmoqda.