Hafta uchun tokenlar qulfdan chiqarilishiga umumiy nazar
1-dekabr kuni 152 million dYdX qulfdan chiqariladi, bu aylanmadagi ta’minotning 84.41 foizini tashkil etadi

Token Unlocks ma’lumotlariga ko‘ra, kelasi hafta dYdX, YGG, OP va 1INCH tokenlarining bir martalik yirik qulfdan chiqarilishi kutilmoqda. Ularning umumiy qiymati 666 million dollardan oshadi.

Tafsilotlar:
➡️Yield Guild Games 27-noyabr kuni soat 10:00 da (UTC) 16.69 million YGG tokenini (6.34 million dollar qiymatida) qulfdan chiqaradi. Bu aylanmadagi ta’minotning 5.84 foizini tashkil etadi.
➡️SingularityNET 28-noyabr kuni soat 8:00 da (UTC) 9.39 million AGIX tokenini (taxminan 2.91 million dollar qiymatida) qulfdan chiqaradi. Bu aylanmadagi ta’minotning 0.76 foizini tashkil etadi.
➡️dYdX 28-noyabr kuni soat 23:00 da (UTC) 2.16 million dYdX tokenini (7.42 million dollar qiymatida) qulfdan chiqaradi. Bu aylanmadagi ta’minotning 1.2 foizini tashkil etadi.
Shuni ta’kidlash joizki, joriy yil yanvar oyida taqdim etilgan qayta ko‘rib chiqilgan taklifga ko‘ra, dYdX joriy yil 1-dekabr kuni 152 million dYdX tokenini (518 million dollar qiymatida) qulfdan chiqaradi. Bu, asosan, investorlar, asoschilar, maslahatchilar va xodimlarning ulushlarini o‘z ichiga oladi hamda aylanmadagi ta’minotning 15 foizini tashkil etadi.
➡️Nym 29-noyabr kuni soat 8:00 da (UTC) 25 million NYM tokenini (3.91 million dollar qiymatida) qulfdan chiqaradi. Bu aylanmadagi ta’minotning 4.1 foizini tashkil etadi.
➡️Sui 29-noyabr kuni soat 12:59 da (UTC) 30 kun davomida har kuni 900,000 Sui tokenini qulfdan chiqarishni boshlaydi (jami taxminan 17.11 million dollar).
➡️Optimism 30-noyabr kuni soat 12:00 da (UTC) 24.16 million OP tokenini (43.73 million dollar qiymatida) qulfdan chiqaradi. Bu aylanmadagi ta’minotning 2.74 foizini tashkil etadi.
➡️Immutable 1-dekabr kuni soat 8:00 da (UTC) 28 kun davomida har kuni 1.22 million IMX tokenini qulfdan chiqarishni boshlaydi (jami taxminan 46.5 million dollar).
➡️Maverick Protocol 1-dekabr kuni soat 8:00 da (UTC) 183 kun davomida har kuni 287,900 MAV tokenini qulfdan chiqarishni boshlaydi (jami taxminan 15.89 million dollar).
➡️AcalaOptimisim 1-dekabr kuni soat 15:00 da (UTC) 27.43 million ACA tokenini (1.62 million dollar qiymatida) qulfdan chiqaradi. Bu aylanmadagi ta’minotning 3.31 foizini tashkil etadi.
➡️1inch 1-dekabr kuni soat 20:00 da (UTC) 98.74 million 1INCH tokenini (35.08 million dollar qiymatida) qulfdan chiqaradi. Bu aylanmadagi ta’minotning 9.48 foizini tashkil etadi.