Savdodan doim ham foyda kelavermaydi. Har doim foyda qilishni kutmang. Har qanday savdo faoliyatida zarar bo‘lishi mumkin. Bunga nafaqat savdo, balki har qanday biznes ham o‘ziga xos xavflarga ega.
Agar muntazam foyda olishni istasangiz, pulni to‘g‘ri boshqarish kifoya. Savdo uchun ajratilgan mablag‘ni oqilona ishlating. Ortiqcha narsalarga berilmang.
Yana bir bilishimiz SHART va LOZIM bo‘lgan narsa: bozorda hech kim buyuk emas, mukammal savdo strategiyasi yo‘q va savdoda 100% aniqlik bo‘lmaydi. Kim bo‘lishidan yoki nima bo‘lishidan qat’i nazar, hamma bozorga bo‘ysunadi.
Ular ham zarar ko‘rishadi. Faqat pulni boshqarish qoidalariga rioya qilish va imkoniyatni kutishda sabrli bo‘lishgina bizga foyda keltiradi.
Muhimi, hafta yoki oy oxirida foyda to‘planishidir.