KIRISH
Kredit karta — fiat valyutada depozit kiritish yoki elektron hamyonlardan foydalanishdan tashqari, kripto sotib olish uchun mo‘ljallangan turli to‘lov usullaridan biridir.
Kredit kartalar kripto sotib olishning eng tezkor usuli hamdir.
STABİL KOINLAR NIMA?
Stabil koinlar — Bitcoin kabi qiymati bog‘lanmagan kriptovalyutalarga nisbatan narx barqarorligini ta’minlashga intiladigan kriptovalyutalar sinfidir. Stabil koinlarning bozor qiymati AQSH dollari yoki oltin kabi “barqaror” zaxira aktivining qiymatiga bog‘langan. Masalan, Binance USD (BUSD), USD Coin (USDC) va Tether (USDT) AQSH dollariga 1:1 nisbatda ta’minlangan. Bir BUSD, USDC yoki USDT bir AQSH dollariga teng.
STEYBLKOIN TURLARI
1. Tovarlar bilan ta’minlangan steyblkoinlar:
“Steyblkoinlarning qanday turlari bor?” degan savolga javoblarning ikkinchisi tovarlar bilan ta’minlangan steyblkoinlarga tegishli. Nomidan ko‘rinib turibdiki, bunday steyblkoinlar qimmatbaho metallar kabi turli xil, o‘zaro almashtiriladigan aktivlar bilan ta’minlanadi. Tovarlar bilan ta’minlangan steyblkoinlar uchun garov sifatida eng ko‘p ishlatiladigan tovar — oltin.
Bundan tashqari, oltindan tashqari ko‘chmas mulk, neft va qimmatbaho metallar kabi aktivlar bilan ta’minlangan boshqa ko‘plab steyblkoinlarni ham uchratishingiz mumkin. Tovar bilan ta’minlangan steyblkoinlar egalari haqiqiy qiymatga ega moddiy aktivga egalik qiladi. Bu ko‘pchilik kriptovalyutalarga nisbatan katta ustunlikdir.
Tovarlarning qiymati odatda vaqt o‘tishi bilan oshishi mumkin. Natijada, bunday steyblkoinlar ularni saqlaydigan va ishlatadigan kishilar uchun yaxshiroq rag‘batlarni taklif etadi. Bundan tashqari, tovarlar bilan ta’minlangan steyblkoinlar dunyoning istalgan nuqtasidagi har kimga oltin kabi qimmatbaho metallarga investitsiya qilish imkonini beradi.
An’anaga ko‘ra, bunday tovarlardan faqat moliyaviy jihatdan imtiyozli qatlam vakillari foydalana olgan. Biroq tovarlar bilan ta’minlangan steyblkoinlar geografik joylashuvidan qat’i nazar, oddiy odamlar uchun investitsiyalarga oid yangi imkoniyatlar yaratadi.
2. Fiat bilan ta’minlangan steyblkoinlar:
Fiat bilan ta’minlangan steyblkoinlar siz duch keladigan steyblkoinlarning eng keng tarqalgan turidir. Ular yevro, funt sterling yoki AQSh dollari kabi fiat valyutasi bilan ta’minlanadi. Fiat bilan ta’minlangan steyblkoinlar eng sodda steyblkoin turi bo‘lib, 1:1 nisbatda ta’minlanadi. 1:1 nisbat har bir steyblkoin dollar yoki yevro kabi valyutaning bir birligiga tengligini anglatadi.
Shu sababli, fiat bilan ta’minlangan har bir steyblkoinni ta’minlash uchun bank hisobida haqiqiy fiat valyuta saqlanadi. Steyblkoinni boshqaruvchi tashkilot zaxirasidan tegishli miqdordagi fiat valyutani olib, foydalanuvchining bank hisobiga o‘tkazadi va foydalanuvchilar o‘z koinlarini shu tarzda qaytarib olishi mumkin. Shu bilan birga, steyblkoinlarning shunga teng miqdori muomaladan chiqariladi yoki yo‘q qilinadi.
Fiat bilan ta’minlangan steyblkoinlar tuzilish jihatidan ustun bo‘lgani uchun eng sodda steyblkoin toifalaridan biridir. Ularning soddaligi yangi boshlovchilarga kriptovalyutalarni yaxshiroq tushunishda juda foydali. Shu sababli, fiat bilan ta’minlangan steyblkoinlar steyblkoinlarning keng miqyosda ommalashishiga katta hissa qo‘shishi mumkin. Mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi steyblkoin qiymatidagi tebranishlarni cheklaydi.
3. Algoritmik steyblkoinlar:
Steyblkoinlar toifalarining oxirgisi garovsiz yoki algoritmik steyblkoinlardir. Garovsiz yoki algoritmik steyblkoinlar ularni ta’minlab turadigan hech qanday aktiv yoki garovga ega emas. Xo‘sh, ularni ta’minlaydigan garov bo‘lmasa, algoritmik steyblkoinlar qanday qilib steyblkoin deb tasniflanadi?
Garovsiz yoki algoritmik steyblkoinlar steyblkoinlar taklifini nazorat qilish uchun algoritmdan foydalanadi. Bunday yondashuv seigniorage aksiyalari deb ham ataladi. Talab oshganda, narxni odatdagi darajaga tushirish uchun yangi steyblkoinlar yaratiladi. Koinlar savdosi sezilarli darajada pasayganda esa muomaladagi taklifni kamaytirish uchun bozordagi koinlar sotib olinadi.
Aslida, algoritmik steyblkoinlar bozor talabi va taklifi tamoyillariga muvofiq barqarorlikni ta’minlashi mumkin. Bundan tashqari, algoritmik steyblkoinlar markazsizlashtirish va mustaqillikning eng yuqori darajasiga ega ekanini ham ta’kidlash muhim. Boshqa tomondan, bunday algoritmik blokcheyn turlari muvaffaqiyatga erishish uchun uzluksiz o‘sishga bog‘liq. Algoritmik steyblkoinlar likvidlikni ta’minlash uchun hech qanday garovga ega emasligini yodda tuting va bozor qulagan taqdirda hamma pulini yo‘qotishi mumkin.
4. Kripto bilan ta’minlangan steyblkoinlar:
Steyblkoinlarni kriptovalyutalar bilan ta’minlash haqida o‘ylaganingizda, bu biroz noo‘rin tuyulishi mumkin. Kriptovalyutalarning o‘zgaruvchanligi-chi? Kriptovalyutalar bilan ta’minlangan steyblkoinlar barqaror bo‘lishini qanday kutish mumkin? Aslida, kripto bilan ta’minlangan steyblkoinlar fiat bilan ta’minlangan steyblkoinlarga qaraganda markazsizlashtirish darajasini oshiradi. Bundan tashqari, steyblkoinlar narx tebranishlarini qoplash uchun odatda ortiqcha garov bilan ta’minlanadi. Keling, misol orqali kripto bilan ta’minlangan steyblkoin turlarini tushunib olaylik.
Faraz qilaylik, 500 dollarlik steyblkoin olish uchun qariyb 1000 dollar qiymatidagi Ether’ni depozit qilishingiz kerak. Demak, steyblkoinlar 200% garov bilan ta’minlangan bo‘ladi, bu esa narx 25% ga tushishiga bardosh bera olishini anglatadi. Narx tushganidan keyin ham sizda 500 dollarlik steyblkoinlar qoladi, ularni esa 750 dollarlik Ether ta’minlab turadi. Agar kriptovalyuta garovining narxi sezilarli darajada tushib ketsa, steyblkoinlar avtomatik ravishda likvidatsiya qilinadi.
Steyblkoinlar toifalarining bu turidagi eng muhim xususiyat — markazsizlashtirish. Kripto bilan ta’minlangan steyblkoinlar xavfsizlikni oshirish va shaffoflikni yaxshilash orqali jarayonlarni ishonchli uchinchi tomonga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirgan holda amalga oshirishga yordam beradi. Mablag‘laringizni nazorat qiladigan yagona tashkilot bo‘lmagani sababli markazsizlashtirish afzalligiga ega bo‘lasiz.
Bundan tashqari, ayrim kripto bilan ta’minlangan steyblkoinlar xavfni samarali taqsimlash uchun bir nechta kriptovalyuta bilan ta’minlanadi. Shuningdek, kripto bilan ta’minlangan steyblkoinlar likvidlikni oshirish afzalligiga ham ega. Biroq, kripto garovi bilan ta’minlangan steyblkoinlar hozirda qo‘llanilayotgan steyblkoin turlarining eng murakkablaridan biridir.
STEYBLKOINLARNING AFZALLIKLARI
Steyblkoinlar investorlar, treyderlar va kriptovalyuta foydalanuvchilari uchun ko‘p qirrali va kuchli vositalardir. Ularning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
1. Steyblkoinlardan kundalik to‘lovlarni amalga oshirishda foydalanish mumkin:
Do‘konlar, korxonalar va jismoniy shaxslar barqarorlikni qadrlaydi. Yuqori o‘zgaruvchanlik sababli kriptovalyutalar to‘lovlarni amalga oshirishda keng tarqalmadi. Yirik steyblkoinlar o‘z kursini belgilangan qiymatda ushlab turish bo‘yicha tajribaga ega, shu sababli ular kundalik foydalanish uchun mos keladi.
2. Steyblkoinlar blokcheynga asoslanganlik afzalliklariga ega:
Mos keladigan kripto hamyoniga ega istalgan kishiga dunyoning istalgan joyiga steyblkoin yuborishingiz mumkin (bunday hamyonni bir necha soniyada bepul yaratish mumkin). Mablag‘ni ikki marta sarflash va soxta tranzaksiyalarni amalga oshirish deyarli imkonsiz. Bu va boshqa xususiyatlar steyblkoinlarni nihoyatda ko‘p qirrali qiladi.
3. Treyderlar va investorlar portfellaridagi xavfni kamaytirish uchun steyblkoinlardan foydalanishlari mumkin:
Portfelning ma’lum foizini barqaror koinlarga ajratish umumiy xavfni kamaytirishning samarali usulidir. Portfelingiz bozor narxlaridagi tebranishlarga chidamliroq bo‘ladi va yaxshi imkoniyat paydo bo‘lganda ishlatish uchun mablag‘ingiz ham qo‘lingizda bo‘ladi. Bozor pasayganda kriptovalyutani steyblkoinlarga sotib, keyin ularni arzonroq narxda qayta sotib olishingiz ham mumkin (ya’ni, short pozitsiya ochish). Steyblkoinlar mablag‘ni blokcheyndan tashqariga o‘tkazmasdan, pozitsiyalarga qulay kirish va ulardan chiqish imkonini beradi.
ENG MASHHUR 3 TA STEYBLKOIN
1. Tether (USDT), narxi $1.00 va bozor kapitallashuvi $ 73.20B
2. USD Coin (USDC), narxi $1.00 va bozor kapitallashuvi $ 53.19B
3. Binance USD (BUSD), narxi $1.00 va bozor kapitallashuvi $ 6.95B
4. Dai (DAI), narxi $1.00 va bozor kapitallashuvi $ 6.57B
* Bu narxlar 2022-yil 24-maydagi narxlarni aks ettiradi.
* Ushbu ro‘yxat bozor kapitallashuviga ko‘ra tuzilgan va Binance tomonidan biror valyutani sotib olish yoki sotish bo‘yicha tavsiya yoki ma’qullash hisoblanmaydi.
BINANCE’DA KREDIT KARTA ORQALI STEYBLKOINLARNI QANDAY SOTIB OLISH MUMKIN?
1-qadam
Binance hisobingizga kiring va [Kripto sotib olish] — [Kredit/debet karta] bo‘limiga bosing.
2-qadam:
Bu yerda turli fiat valyutalar bilan kriptovalyuta sotib olishingiz mumkin. Sarflamoqchi bo‘lgan fiat valyuta miqdorini kiriting, shunda tizim olishingiz mumkin bo‘lgan kriptovalyuta miqdorini avtomatik ravishda ko‘rsatadi.
3-qadam:
[Yangi karta qo‘shish] tugmasini bosing.
4-qadam:
Kredit kartangiz ma’lumotlarini kiriting. E’tibor bering, faqat o‘z nomingizga rasmiylashtirilgan kredit kartalari bilan to‘lov qilishingiz mumkin.
5-qadam:
To‘lov manzilingizni kiriting va [Kartani qo‘shish] tugmasini bosing.
6-qadam:
To‘lov tafsilotlarini tekshiring va buyurtmangizni 1 daqiqa ichida tasdiqlang. 1 daqiqadan so‘ng siz oladigan kriptovalyuta narxi va miqdori qayta hisoblanadi. Eng so‘nggi bozor narxini ko‘rish uchun [Yangilash] tugmasini bosing. Har bir tranzaksiya uchun komissiya 2% ni tashkil qiladi.
7-qadam:
Siz bankingizning OTP tranzaksiya sahifasiga yo‘naltirilasiz. To‘lovni tasdiqlash uchun ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling.
Ko‘p beriladigan savollar:
1. Kriptovalyuta sotib olish uchun bank kartasidan foydalansam, qaysi to‘lov usullari qo‘llab-quvvatlanadi?
Binance Visa yoki Mastercard orqali to‘lovlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Visa kartalari Yevropa iqtisodiy hududi (EEA) mamlakatlari, Ukraina va Buyuk Britaniyadagi karta egalari uchun qabul qilinadi.
Mastercard orqali to‘lovlar quyidagi mamlakat va hududlarda mavjud: Kolumbiya, Chexiya, Fransiya, Germaniya, Indoneziya, Italiya, Latviya, Lyuksemburg, Meksika, Norvegiya, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Shveytsariya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Ukraina va boshqalar.
2. Kartam chiqarilgan mamlakat qo‘llab-quvvatlanmasligi haqida xabar chiqdi. Binance hozirda qaysi mamlakatlarda chiqarilgan kartalarni qo‘llab-quvvatlaydi?
Visa kartalari Yevropa iqtisodiy hududi (EEA) mamlakatlari, Ukraina va Buyuk Britaniyadagi karta egalari uchun qabul qilinadi. Mastercard orqali to‘lovlar quyidagi mamlakat va hududlarda mavjud: Kolumbiya, Chexiya, Fransiya, Germaniya, Indoneziya, Italiya, Latviya, Lyuksemburg, Meksika, Norvegiya, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Shveytsariya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Ukraina va boshqalar.
3. Hisobimga nechta bank kartasini bog‘lashim mumkin?
Hisobingizga 5 tagacha bank kartasini bog‘lashingiz mumkin.
4. Nega “Tranzaksiya emitent bank tomonidan rad etildi. Bankingizga murojaat qiling yoki boshqa bank kartasi bilan urinib ko‘ring” degan xato xabarini ko‘ryapman?
Bu bank kartangiz ushbu turdagi tranzaksiyani qo‘llab-quvvatlamasligini anglatadi. Bankingizga murojaat qiling yoki boshqa bank kartasi bilan urinib ko‘ring.
5. Belgilangan muddat ichida xaridni yakunlay olmasam, tranzaksiya bekor qilinadimi?
Ha, buyurtmani belgilangan muddat ichida yakunlamasangiz, u bekor bo‘ladi va yangi tranzaksiya yuborishingiz kerak bo‘ladi.
6. Xaridim amalga oshmasa, to‘langan mablag‘ni qaytarib olsam bo‘ladimi?
Muvaffaqiyatsiz tranzaksiyalar uchun to‘lov yechib olingan bo‘lsa, to‘lov summasi kartangizga qaytariladi.
7. Buyurtma bajarilgach, sotib olgan kriptovalyutamni qayerdan ko‘rishim mumkin?
Kriptovalyuta kelib tushganini tekshirish uchun [Hamyon] — [Umumiy ma’lumot] bo‘limiga o‘tishingiz mumkin.
8. Buyurtma berayotganda kunlik limitimga yetganim haqida xabar chiqdi. Limitni qanday oshirsam bo‘ladi?
Hisobingiz limitini oshirish uchun [Shaxsni tasdiqlash] bo‘limiga o‘tib, hisobni tasdiqlash darajasini oshirishingiz mumkin.
9. Xaridlar tarixini qayerdan ko‘rishim mumkin?
Buyurtmalar tarixini ko‘rish uchun [Buyurtmalar] — [Kripto sotib olish tarixi] bo‘limiga bosing.
XULOSA
Hozirgi kunda steyblkoinni hech qachon saqlamagan investor yoki treyderni topish qiyin. Treyderlar yangi bozor imkoniyatlaridan tezda foydalanishi uchun steyblkoinlar ko‘pincha kripto birjalarida saqlanadi. Muhokama qilganimizdek, ular fiat valyutaga almashtirmasdan turib pozitsiyalarga kirish va ulardan chiqish uchun ham juda foydali. Savdo va investitsiyalardan tashqari, steyblkoinlardan to‘lovlar va xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish yoki DeFi ekotizimida steyking orqali passiv daromad olish uchun foydalanish mumkin.
Ular kriptovalyutalarning ajralmas qismi bo‘lib, yangi moliyaviy tizim yaratilishiga imkon bergan bo‘lsa-da, xavflarni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak. Biz steyblkoin loyihalarining kursi belgilangan qiymatdan chetga chiqqani, zaxiralari yetishmagani va sud jarayonlari bilan bog‘liq muammolarga duch kelganini ko‘rdik. Shuning uchun steyblkoinlar nihoyatda ko‘p qirrali vositalar bo‘lsa-da, ular baribir kriptovalyuta ekanini va shunga o‘xshash xavflarga ega ekanini unutmang. Portfelingizni diversifikatsiya qilish orqali xavflarni kamaytirishingiz mumkin, ammo investitsiya kiritish yoki savdo qilishdan oldin o‘z tadqiqotingizni o‘tkazing va yo‘qotishga qurbi yetmaydigan mablag‘ni investitsiya qilmang.