Kripto bozoridagi yirik o‘yinchilar deyarli qimirlamayotgan bir paytda, bitta tarmoq yaqqol ajralib turibdi: XDC. EVM protokoli Yaponiya bozorlarini zabt etmoqda.

So‘nggi 24 soat ichida XDC Network (XDC) narxi qariyb 30 foizga keskin oshdi. Ushbu matn yozilayotgan paytda kriptovalyuta 0,039 AQSh dollaridan sotilmoqda. Keskin o‘sishning ehtimoliy sabablaridan biri — Yaponiya bozoriga kengayish.
Kriptovalyuta birjasi SBI bilan hamkorlik orqali EVM protokoli o‘z ishtirokini kengaytirmoqchi. XDC EVM bilan mos keladigan aqlli kontraktlar orqali protokollar va zanjirlararo atomar tranzaksiyalarni (atomar svoplarni) qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, tarmoq moliya institutlari o‘rtasida elektron ma’lumot almashish bo‘yicha xalqaro miqyosda tan olingan standart asosida ishlashini bildirmoqda.
Yaponiya xalqaro savdo uchun muhim markaz hisoblanadi. Press-relizda aytilishicha, XDC blokcheyni «shaffoflik va kuzatuvchanlikni oshirish hamda xarajatlarni kamaytirish orqali ushbu sohani takomillashtirish»ni maqsad qilgan. «XDC Network savdoni moliyalashtirish bozoriga o‘ziga xos qiymat taklifini taqdim etadi va uning qo‘shilishi mijozlarimizning savdo tajribasini yaxshilashiga ishonamiz», — dedi SBI bosh direktori press-relizda.
Narxning keskin oshishi bilan XDC’ning bozor kapitallashuvi bir necha kun ichida juda katta o‘sdi. Hozirda Ethereum tokeni yaqinda ishga tushirilgan Sui tarmog‘idan ham yuqori o‘rinda turibdi.