31-may kuni OpenAI ChatGPT’ning matematik masalalarni yechish qobiliyatini yaxshilash, sun’iy intellekt (SI) «gallyutsinatsiyalari» holatlarini kamaytirish borasidagi sa’y-harakatlarini e’lon qildi. OpenAI gallyutsinatsiyalarni kamaytirish muvofiqlashtirilgan SI yaratish yo‘lidagi muhim qadam ekanini ta’kidladi.
Mart oyida ChatGPT’ning eng so‘nggi versiyasi — ChatGPT-4 taqdim etilishi SI’ning ommalashuviga yanada turtki berdi. Biroq generativ SI chatbotlari faktlarning aniqligi bilan bog‘liq muammolarga anchadan beri duch keladi: ular ba’zan «gallyutsinatsiyalar» deb ataladigan yolg‘on ma’lumotlarni yaratadi. SI gallyutsinatsiyalarini kamaytirish borasidagi sa’y-harakatlar OpenAI veb-saytidagi post orqali e’lon qilindi.