Generativ sun’iy intellekt (SI) juda ko‘p turdagi vazifalarni bajara olsa-da, yaqinda o‘tkazilgan sinovlarga ko‘ra, OpenAI’ning ChatGPT-4’i hozircha aqlli kontraktlarni inson auditorlari kabi samarali tekshira olmaydi.
SI vositalari inson auditorlarining o‘rnini bosa oladimi-yo‘qmi, shuni aniqlash maqsadida blokcheyn xavfsizligi bo‘yicha OpenZeppelin kompaniyasidan Mariko Wakabayashi va Felix Wegener ChatGPT-4’ni kompaniyaning Ethernaut xavfsizlik sinoviga qarshi qo‘ydi.