Mysten Labs tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Sui tarmog‘i blokcheynning asosiy tarmog‘i ishga tushganidan bir oy o‘tmay Red Bull Formula 1 poyga jamoasi bilan ko‘p yillik hamkorlikni e’lon qildi.

1-iyun kuni berilgan bayonotda Sui 4-iyun kuni Ispaniyada musobaqalashishi rejalashtirilgan poyga jamoasining rasmiy blokcheyn hamkori bo‘lishini ma’lum qildi. Sui Foundation boshqaruvchi direktori Greg Siourounisning aytishicha, hamkorlik “web3 insonlar o‘rtasidagi aloqalarni qanday yo‘lga qo‘yishini namoyish etish”ga qaratilgan. Bayonotda esa yaqin oylarda muxlislar uchun “raqamli olamga sho‘ng‘ish imkonini beruvchi tajribalar” taqdim etilishi aytildi.