Nol komissiyali #BTC savdolar tugagach, Binance’ning bozordagi ulushi qisqardi

CC Data’ning may o‘rtalarida e’lon qilgan hisobotiga ko‘ra, birja bozoridagi ulush ketma-ket ikkinchi marta pasayib, 46,3% ga tushdi. Bu Binance’ning bozor ulushi 2022-yil oktabridan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkichidir.

📍Avval Binance bozor ulushining yarmidan ko‘prog‘ini nazorat qilgan, ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra bu ko‘rsatkich 57,5% ga yetgan. Bundan tashqari, hisobotda Binance’dagi spot savdolar aprel oyida 48,1% ga kamayib, 287 milliard dollarga tushgani qayd etilgan.

Marathon Digital may oyida ishlab chiqarish hajmini 77% ga oshirib, 1 245 BTC ga yetkazdi.

Ordinals tufayli Bitcoin tranzaksiya komissiyalarining sezilarli oshishi may oyida Marathon Digital qazib olgan BTC miqdorining 11.8%iga teng bo‘ldi.

Yaponiya regulyatorlari OpenAI’ni maxfiy ma’lumotlarni yig‘ishdan ogohlantirdi.

Yaponiya Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish komissiyasi OpenAI’ni roziliksiz ma’lumot yig‘ishdan ogohlantirdi.

Xitoy milliy blokcheyn standartini e’lon qildi.

Xitoy blokcheyn sanoatining jadal rivojlanishi va ommalashuvini rag‘batlantirish uchun standartlashtirilgan ko‘rsatmalarni e’lon qildi.

Alchemy Pay Mastercard bilan “NFT Checkout” xizmati bo‘yicha hamkorlik qilmoqda.

Hamkorlik NFT xaridlari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri fiat to‘lovlarini amalga oshirish imkonini beradi — bu qulaylikni oshirib, NFT bozoridan foydalanishni osonlashtiradi.

Kakarot zkEVM urug‘oldi bosqichidagi moliyalashtirishda StarkWare va Vitalik Buterindan qo‘llab-quvvatlov oldi

Kakarot zkEVM Starknet integratsiyasi orqali xavfsizroq va kengayuvchan, EVM bilan mos ilovalarni ishlab chiqishga yo‘l ochmoqda.