Ripple’da nimadir yuz bermoqda. So‘nggi bir necha kun ichida nafaqat narx oshdi, balki yaqinda tarmoq faolligi ham eng yuqori darajaga yetdi.

  • Ripple tarmog‘idagi manzillar faolligi ketma-ket ikki kun davomida eng yuqori nuqtaga yetdi. Buni Santiment blokcheyn tahlil platformasi ma’lumotlari ko‘rsatmoqda.

  • Santiment ma’lumotlariga ko‘ra, blokcheyn bundan faqat bir marta — 2023-yil 18-martda — yuqoriroq ko‘rsatkichga erishgan.

  • Ma’lumotlarga ko‘ra, tarmoq 28-may kuni 490 000 ta faol manzilni qayd etdi. Bir kun o‘tib, bu ko‘rsatkich 280 000 ni tashkil etdi. Santiment tarixiy ikki karra cho‘qqini “muhim bosqich” deb atadi.

  • Ripple blokcheynining mahalliy tokeni (XRP) so‘nggi bir necha kun ichida narxining oshishiga erishdi. Ushbu matn yozilayotgan paytda kriptovalyuta 0,514 AQSh dollaridan sotilmoqda.

  • Ripple hozirda AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) bilan sudlashmoqda. Ripple bosh direktori Bred Garlinghaus bir necha kun avval sud jarayoni tez orada yakunlanishini bashorat qilgan edi. SEC tarmoqni ro‘yxatdan o‘tmagan qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilishda ayblamoqda.