📊 Nol komissiyali savdo tugagach, Binance’ning bozor ulushi qisqardi $BTC savdo

CCData’ning may oyi o‘rtalarida e’lon qilingan hisobotida birja bozoridagi ulush ketma-ket ikkinchi oy pasayishda davom etib, 46,3 foizga tushgani ma’lum qilindi. Bu Binance’ning 2022-yil oktabridan beri bozor ulushidagi eng past ko‘rsatkichidir.

📍Avval Binance bozorning yarmidan ko‘prog‘ini nazorat qilgan, ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra bu ko‘rsatkich 57,5 foizgacha yetgan. Bundan tashqari, hisobotda Binance’dagi spot savdo aprel oyida 48,1 foizga pasayib, 287 milliard dollarni tashkil etgani qayd etilgan.