Mysten Labs tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Sui tarmog‘i blokcheynning asosiy tarmog‘i ishga tushganidan bir oy ham o‘tmay, Red Bull Formula 1 poyga jamoasi bilan ko‘p yillik hamkorlikni e’lon qildi.

1-iyun kuni e’lon qilingan xabarda Sui 4-iyun kuni Ispaniyada poygada qatnashishi rejalashtirilgan jamoaning rasmiy blokcheyn hamkori bo‘lishini bildirdi. Sui jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Greg Siourounis hamkorlik “web3 insonlar o‘rtasidagi aloqalarni qanday mustahkamlashini namoyish etish”ga qaratilganini aytdi. E’londa esa kelgusi oylarda muxlislar uchun “keng qamrovli raqamli tajribalar” taqdim etilishi haqida so‘z yuritildi.