So‘nggi yetti kun ichida Ripple (XRP) kengroq kripto bozori namoyish etgan tendensiyadan ajralib turdi. Bozor kapitallashuvi bo‘yicha kuchli 10 talikka kiruvchi aktivlar uchun bu konsolidatsiya va pasayishlar davri bo‘ldi.
Biroq, CoinMarketCap maʼlumotlariga ko‘ra, token narxi Bitcoindan (BTC) ajralib, 12,29% ga ko‘tarildi. Qizig‘i shundaki, bu token qariyb 90 kundan beri erishishga qiynalib kelgan muhim marradir.
Narxning sezilarli o‘zgarishi tokeniga qiziqish qayta ortgani va xarid bosimi kuchayganidan dalolat beradi. Agar bu davom etsa, narxning yanada ko‘tarilishiga turtki bo‘lishi mumkin. Ammo savol shuki — bu maqsad yo‘lida buqalar qat’iymi?
Texnik nuqtai nazardan qaraganda, Yo‘nalishli harakat indeksi (DMI) ma’lumotlariga ko‘ra, narxning oshishiga kuchli xarid bosimi sabab bo‘lgan ko‘rinadi. Ushbu matn yozilayotgan paytda +DMI (yashil) 33,61 ni tashkil etdi. Uning qarama-qarshi ko‘rsatkichi — -DMI (qizil) esa 12,84 bo‘ldi.
Boshqa tomondan, O‘rtacha yo‘nalish indeksi (ADX) 20,64 ni tashkil etdi. ADX (sariq) kriptovalyutaning yo‘nalish kuchini o‘lchaydi. Qiymat 25 yoki undan yuqoriga yetganda, bu narx harakati ortida kuchli tayanch borligini anglatadi.
Ammo indikator ko‘rsatkichi aytib o‘tilgan qiymatdan pastga tushsa, bu yo‘nalish kuchsizligini anglatadi. Demak, hozirgi holatga ko‘ra, XRP xaridorlari narxning ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan dastlabki bosimni susaytirgan bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, $0,48 dan $0,41 gacha bo‘lgan pastroq minimumlar sabab yuzaga kelgan buqa divergentsiyasi ham narxning mo‘tadil ko‘tarilishiga ta’sir qilganini ta’kidlash lozim. Yangi minimumga erishilmagani ayiqlar nazoratni yo‘qotganini va buqalar ustunlikni qo‘lga kiritayotganini ko‘rsatdi.
Bundan tashqari, Bollinjer polosalari XRP o‘zgaruvchanligi nihoyatda yuqori darajaga yetganini ko‘rsatdi. Yana bir e’tiborli jihat shuki, ushbu matn yozilayotgan paytda narx yuqori polosa chizig‘iga tegdi.
Bu sodir bo‘lganda, token haddan tashqari ko‘p xarid qilingan darajaga yetganini bildiradi. Biroq narx quyi polosa chizig‘iga tegsa, token haddan tashqari ko‘p sotilgan darajaga yetgan bo‘ladi. Ammo bu yerda birinchi holat kuzatilgani sababli, XRP narxi teskari tomonga burilishi mumkin.
Bundan tashqari, XRP narxining yaqinda ko‘tarilishiga texnik manzaradan tashqari boshqa omillar ham ta’sir ko‘rsatdi. Narxga ta’sir qilgan muhim makroiqtisodiy omillardan biri — AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) bilan uzoq vaqtdan beri davom etayotgan ish. Albatta, kitlarning aktivlarni jamg‘arishi ham bunga ta’sir qildi.
So‘nggi paytlarda XRP hamjamiyati g‘alabaga ishonch bildirmoqda. Bundan tashqari, bosh direktor Bred Garlinghaus bilan yaqinda o‘tkazilgan intervyudan so‘ng sud ishi tez orada Ripple foydasiga yakunlanishi mumkinligi haqida taxminlar paydo bo‘ldi.
XRP narxining qisqa muddatli istiqboliga kelsak, ko‘tarilish davom etishi mumkin. Biroq bozor ishtirokchilari xaridlardan ehtiyot bo‘lishlari kerak, chunki buqalar foydani qayd eta boshlashi mumkin.