Bitcoin bu oyda 32 500 dollarga yetadimi?

Glass Code’dan yetakchi on-chain tahlilchi James Check o‘zining on-chain tahliliga asoslanib, bizni nimalar kutayotgani haqida ajoyib fikrlar bildirdi.

1) Bitcoin narxi anchadan beri barqarorlashib turibdi. Savdo hajmi odatdagidan past va avvalgi holatlarda bu har doim narxning keskin ko‘tarilishiga olib kelgan.

2) Uzoq muddatli egalarning bozorda faolligi deyarli yo‘q va ular Bitcoin’larini sotish niyatisiz hamyonlarida saqlab turishibdi. Bu faqat bir narsani anglatadi: bozorni qisqa muddatli egalari boshqarmoqda.

3) Bozor o‘sish yoki pasayish trendiga o‘tishida hal qiluvchi kuch qisqa muddatli egalardir.

O‘rtacha olganda, ko‘plab qisqa muddatli egalar Bitcoin’ni taxminan 26 500 dollardan sotib olgan. Bu qisqa muddatli egalarning ikkilanayotganini anglatadi va natijada bozor pasayish trendiga kirishi mumkin #bitcoin