Tron yaratuvchisi Justin Sun 2023-yilgi maqsadlari qatoriga tarmoqdagi steyblkoinlar bozor kapitallashuvini 100 milliard dollarga yetkazish va Tron’ni steyblkoin foydalanuvchilari uchun ma’qul tanlovga aylantirishni kiritgan. Buning uchun u Tron’ni “Ethereum’ning hamyonbop va foydalanuvchilar uchun qulayroq versiyasi” sifatida taqdim etmoqchi.