Xavfsiz va bepul: Trust Wallet xavfsizlikka alohida e’tibor qaratib yaratilgan. U mablag‘laringizni himoya qilish uchun sohadagi yetakchi shifrlash usullaridan foydalanadi. Trust Wallet’dan foydalanish mutlaqo bepul.

Hammasi bir joyda bo‘lsa, ancha qulay. Trust Wallet 70 dan ortiq blokcheynni qo‘llab-quvvatlaydi, demak, yuz minglab kriptovalyuta va tokenlardan foydalanishingiz mumkin.

Kripto yuborish va qabul qilish hech qachon bunchalik oson bo‘lmagan. Kriptoni oddiy blokcheyn manzillariga, QR-kodlarga yoki ENS, SPACE ID va Unstoppable Domains kabi sodda manzil nomlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizdan yuborishingiz mumkin!

Trust Wallet bir nechta kriptovalyutani, jumladan Tezos, Tron, Cosmos, Algorand va boshqalarni steyking qilishni qo‘llab-quvvatlaydi. Kriptovalyutangizni osonlik bilan steyking qilib, ortiqcha ovora bo‘lmasdan daromad oling.

Kriptovalyutani kartangiz orqali xarid qiling. Trust Wallet bir nechta karta orqali to‘lov xizmatlarini birlashtirgan. Bu esa ilovadan chiqmasdan o‘zingiz yoqtirgan kriptovalyutalarni xarid qilishingiz mumkinligini anglatadi.

Hamyoningizdan chiqmasdan kriptovalyuta savdosini amalga oshirishni istaganmisiz? Endi buni qilishingiz mumkin. Trust Wallet buni amalga oshirish imkonini beruvchi ikkita xizmatni taklif qiladi: svop va ayirboshlash.

Kriptovalyutani Trust Wallet ilovasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank kartangizga yechib oling

@mirro0x