
Bilmaganlar uchun: altkoinlar indeksi yordamida investorlar birinchi kriptovalyuta qiymatining o‘sishi raqobatchilarinikidan qanchalik farq qilishini aniqlaydilar.
Indeks ko‘rsatkichi qancha yuqori bo‘lsa, altkoinlar foydasiga tafovut shuncha katta bo‘ladi:
0–45 — bitkoin mavsumi;
45–55 — o‘sishda tenglik;
60 va undan yuqori — trend o‘zgarishini anglatadi.
💬 Mavsumlar davriy ravishda takrorlanadi. Indeks yordamida investorlar kriptovalyuta bozorlari qaysi bosqichda ekanini baholaydilar. Bu ma’lumot narxlar harakati ehtimolini baholash va savdolarni ochishda foydali. Masalan, altkoinlar mavsumi indeksi eng yuqori darajaga yaqinlashsa, treyderlar foydani qayd etishni va savdolarini bitkoinga o‘tkazishni boshlaydilar.