Yapon qo‘riqchi iti timsoli tushirilgan mem-token Shiba Inu (SHIB) yana kun mavzusiga aylandi. Dogecoin qotili bo‘lgan ushbu tanga FTX.com qulashi sabab zarar ko‘rgan ko‘plab boshqa altkoinlardan biri edi. Bir necha kun oldin kitlar turli birjalardan qariyb 1,5 trillion SHIBni olib chiqishdi.
Faqat FTXning o‘zidan Shiba Inu’ning katta miqdordagi tokenlari jamlangan atigi uchta tranzaksiya orqali 800 million SHIB o‘tkazildi. Coinbase’dan esa noma’lum hamyonga 183 milliard SHIB yuborildi. Bundan tashqari, anonim hamyonlardan biridan boshqasiga 108 million SHIB o‘tkazildi.
SHIB bozor kapitallashuvi bo‘yicha Solana’dan (SOL) o‘zib ketdi, biroq bu uzoqqa cho‘zilmadi: SHIB uzoq vaqt saqlab kelgan $0.00001 qiymatidan pasaydi. Hozirda token qiymati $0.000009751 ni, so‘nggi 24 soatdagi savdo hajmi esa 301 million dollarni tashkil etmoqda, deya xabar beradi CMC ma’lumotlari.
Shiba Inu hamjamiyatining umidlari katta
Kripto bozori holati SHIB uchun unchalik qulay bo‘lmasa-da, hamjamiyat taslim bo‘layotgani yo‘q. Ular FTX inqirozidan keyin narx tiklanishiga juda ishonmoqda. Shiba Inu texnik jamoasi ham o‘z faoliyat doirasini kengaytirmoqda.
SHIB a’zolari orasida SHIBBURN alohida o‘rin tutadi, chunki u token muvozanatini saqlashda eng ko‘p foydalaniladigan yechim hisoblanadi. So‘nggi 24 soat ichida yoqilgan SHIB tokenlarining umumiy miqdori qariyb 12 milliardga yetdi.
ShibaEternity’ning yaqinda chiqarilishi ham katta muxlislar bazasini to‘pladi, L2 Shibarium esa ishga tushish arafasida. Shibarium ikkinchi qatlam blokcheyni bir yildan ortiq vaqtdan beri ishlab chiqilmoqda. Shytoshi Kusama ham uning shu oyning boshida ishga tushishiga ishora qildi.