Kripto huquqshunosi Jessi Haynsning fikricha, agar XRP’ning dastlabki savdolari bilan hozir qanday sotilayotgani o‘rtasida aniq farq belgilansa, Ripple’ga qarshi Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi da’vosini ko‘rib chiqayotgan sudya XRP’ni qimmatli qog‘oz bo‘lmagan raqamli aktiv deb topishi mumkin. Bunday qaror sud XRP’ning qimmatli qog‘oz sifatidagi maqomini tekshirishga qaror qiladimi-yo‘qmi, shunga ham bog‘liq bo‘ladi.