Ethereum’ning jadal o‘sishi ko‘plab markazlashmagan ilovalar (dApp’lar) yaratilishiga yo‘l ochdi. Ular sohalarni tubdan o‘zgartirib, son-sanoqsiz insonlarning boyishiga zamin yaratdi. Hozir Bitcoin ekotizimidagi hayajonli yangiliklar va oldinda turgan boylik orttirish imkoniyatlarini o‘rganmoqdaman.

Bu hafta Trustless Computer (@TrustlessOnBTC) loyihasiga ko‘zim tushib qoldi va uni ancha vaqt o‘rgandim. Trustless Computer — Bitcoin’dan imkon qadar keng ko‘lamda foydalanish, ya’ni undan shunchaki valyuta sifatida emas, ancha ko‘proq maqsadlarda foydalanish imkonini yaratishni ko‘zlagan 1-qatlam protokoli.

U dasturchilarga Bitcoin tarmog‘ida DAO, DEX, NFT, token, auksion, kreditlash, ma’lumotlarni saqlash va boshqa ko‘plab imkoniyatlarni yaratish imkonini beradi.

U qo‘llab-quvvatlaydigan Bitcoin dApp’larining hozirgi namunalari:

Bitcoin fayl tizimi (BFS)

Ordinals protokoli

BRC-20 tokenlari (ERC-20 ning muqobili)

NFT’lar (BRC-21)

Bitcoin nomlar tizimi (BNS)

Batafsil 👉🏻 https://twitter.com/atgoodm/status/1659357827964583945?s=46