18-may kuni e’lon qilingan xabarga ko‘ra, Wormhole kross-zanjirli xabar almashish protokolidan foydalanadigan startaplarga yordam berish uchun 50 million dollarlik fond ishga tushirildi. Yangi fondni Borderless Capital venchur kapital fondi boshqaradi. Uni Circle, Polygon Ventures, Solana Foundation, JumpCrypto va boshqa tashkilotlar qatori blokcheynni rivojlantiruvchi 20 dan ortiq jamoa va venchur kapital firmalari qo‘llab-quvvatlamoqda.