QISQA XABARLAR:
Yaponiyaning Softbank investitsiyalarni boshqarish kompaniyasi kriptovalyuta birjasi FTX inqirozi oqibatida zarar ko‘rgan navbatdagi kompaniya bo‘lishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, texnologiyalarga ixtisoslashgan kompaniya FTX’ga qariyb 100 million dollar sarmoya kiritgan
Birja to‘lovga layoqatsizlik sari yaqinlashar ekan, Softbank FTX’ga kiritgan jami sarmoyasini hisobdan chiqarishga qaror qilishi mumkin. FTX asoschisi Sem Benkman-Frid shu hafta yaqin orada naqd pul kelib tushmasa, birja bankrotlik to‘g‘risida ariza berishga majbur bo‘lishi mumkinligini aytdi
Bloomberg’ga anonim manba aytishicha, Softbank ushbu sarmoyani dekabr choragida hisobdan chiqarishi kutilmoqda
Investitsiya qiymati avvalroq tannarxiga yaqin deb baholangan, uning qiymati yoki foydasida o‘sish qayd etilmagan edi
SoftBank avvalroq FTX’ning ikkita moliyalashtirish bosqichida qatnashgan. Bunga o‘tgan yili o‘tkazilgan 900 million dollarlik B seriyali moliyalashtirish bosqichi va bu yilgi yana 400 million dollarlik bosqich kiradi
Biroq kompaniya investitsiyasining umumiy qiymati yoki ulushi qanday natija ko‘rsatayotganini hozircha oshkor qilmagan
FTX’ning eng yirik investorlaridan biri bo‘lgan Sequoia Capital birjaga nisbatan tavakkalchiligi cheklanganini avvalroq ma’lum qilgan edi. Shu hafta boshida u ham yaqinda yuz bergan tartibsizliklar sababli qiymati 200 million dollarga baholangan ushbu investitsiyasining yarmini hisobdan chiqarganini qayd etdi
FTX’ning boshqa yirik sarmoyadorlari qatoriga Singapur hukumatiga qarashli Temasek investitsiya kompaniyasi (205 million dollar), Paradigm (215 million dollar) va Ontario Teachers’ Pension Plan (80 million dollar) kiradi