Yangi mexanizm joriy etilgach, Dogecoin’ning kunlik savdo hajmi shu haftaning boshidagi o‘rtacha kunlik savdo hajmiga nisbatan o‘n baravar oshdi. Bu mexanizm endi Dogecoin blokcheynida tokenlar chiqarish imkonini beradi.
BitInfoCharts maʼlumotlariga ko‘ra, tarmoqdagi tranzaksiyalar soni yakshanba kuni 645 000 dan oshib, shu kun uchun Bitcoin va Litecoin ko‘rsatkichlaridan qisqa muddatga yuqoriladi, ammo chorshanba kuni yana avvalgi darajaga tushdi.
Tarixiy maʼlumotlarga ko‘ra, Dogecoin’da odatda kuniga taxminan 20 000 ta tranzaksiya amalga oshiriladi. Biroq 9-may kuni DRC-20 token standarti joriy etilishi tarmoq faolligining darhol oshishiga olib keldi.
Ushbu standartlar ishlab chiquvchilarga tarmoq to‘lovlari Dogecoin (DOGE) shaklida undiriladigan tokenlarni chiqarish imkonini beradi. Bu Dogecoinning qiymat taklifini oshiradi va blokcheynga asoslangan ehtimoliy markazlashmagan moliya (DeFi) xizmatlariga yo‘l ochadi.
