DYOR
Kriptovalyutaga sarmoya kiritish haqida gap ketganda, ko‘pincha “O‘z tadqiqotingizni o‘tkazing” (DYOR) degan maslahat beriladi. Ammo kriptovalyuta bo‘yicha yaxshi DYOR nimadan iborat?

Kripto nuqtayi nazaridan, yaxshi DYOR, avvalo, mutaxassislarning mulohazalariga tayanadi. Bunda ekspertlarning fikrlari va avvalgi tajribalarini o‘z ma’lumotlaringiz hamda tahlilingiz bilan birlashtirish nazarda tutiladi.

DYORning asoslariga loyihaning asosiy jihatlari, bozorga mosligi va unga bo‘lgan ehtiyojni tushunish kiradi. Shuningdek, tokenomikani, jamoa rahbarlarini va loyiha nima sababdan yaratilganini o‘rganish kerak. Shov-shuv, marketing va hamjamiyatni ham hisobga olish lozim.

Muayyan tokenni nima sababdan ushlab turayotganingizni va loyiha amalga oshishi mumkinmi-yo‘qmi, aniqlash ham muhim. Nihoyat, kriptoda nimalar sizga yoqmasligini aniqlash nimalar yoqishini tushunishga yordam beradi va bozor ko‘tarilib-tushib turganida sarmoya kiritishni ancha osonlashtiradi.