🔴 Xaridor topa olmagan Voyager Digital tugatiladi

O‘tgan yili bankrot bo‘lgan kripto brokeri Voyager Digital xaridor izlashdan voz kechdi va aktivlarini sotib, faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Kompaniya avval o‘zini FTX US va Binance US’ga sotishga uringan, biroq tartibga solish bilan bog‘liq to‘siqlar va boshqa muammolar sabab ikkala bitim ham amalga oshmay qolgan.

Juma kuni topshirilgan hujjatga ko‘ra, Voyager mijozlari kriptoaktivlarining atigi 36 foizini qaytarib olishi mumkin. Bu Binance US bilan bitim amalga oshganida olishi mumkin bo‘lgan 72–73 foizdan ancha kam.

Mijozlar Bitcoin va Ether kabi qo‘llab-quvvatlanadigan 67 ta tokenning birortasiga ega bo‘lsa, Voyager ularga mablag‘larini bevosita yechib olish imkonini beradi.