Kriptovalyuta bozorida treyder sifatida narxlar o‘zgarishini va albatta o‘zgarib turishini tushunish muhim. Ko‘pchilik treyderlar narxlar keskin oshganda buni yoqtirishsa-da, narxlar aksincha holatda — pasayib, keskin qulaganda — ham bunga tayyor bo‘lishlari kerak.

Kripto narxlari tushib ketganda treyderlar bir qadam orqaga chekinib, o‘z strategiyasini qayta ko‘rib chiqishlari lozim. Bozor “cho‘kib” qolsa, treyderlar nima qilishlari kerakligi bo‘yicha ba’zi maslahatlar:

1. Vahimaga tushmang

Narxlar tez sur’atlarda pasaya boshlaganda xavotirlanish tabiiy. Biroq, o‘zini tuta bilish va shoshilinch qarorlar qabul qilishdan saqlanish muhim. Avaraga tushib (vahimaga berilib) sotish treyder portfeli uchun zararli bo‘lishi mumkin bo‘lgan risklar va yo‘qotishlarga olib keladi.

2. Narxlarning pasayishi sababini baholang

Kriptovalyuta narxlariga nima ta’sir qilayotganini tushunish muhim. Treyderlar bozor bo‘yicha asosli qarorlar qabul qilish uchun joriy voqealar, e’lonlar va bozor tendensiyalarini o‘rganishi va tahlil qilishi kerak. Yangi tartibga solishlar, institutlar tomonidan kriptovalyutani qabul qilinishi yoki texnologik rivojlanish kabi fundamental omillar narxlarga ta’sir qilishi mumkin va buni ehtiyotkorlik bilan ko‘rib chiqish lozim.

3. Portfel tarkibini baholang

Treyderlar hozirgi qo‘yilmalarini tahlil qilib, qaysi kriptovalyutalar zarar keltirayotgani mumkinligini aniqlashlari kerak. Agar muayyan aktiv qiynalayotgan bo‘lsa, pozitsiyadan chiqib, mablag‘ni istiqbolliroq aktivlarga yo‘naltirish mantiqli bo‘lishi mumkin. Bu jarayon nafaqat treyderlarga zararni kamaytirishga yordam beradi, balki portfelni diversifikatsiya qilish va yangi imkoniyatlardan foydalanishga ham imkon beradi.

4. Narxlar tushgan paytda sotib olishni ko‘rib chiqing

Narxlar sezilarli pasayganda, treyderlar «dip»ni (narxlar vaqtincha arzonlashgan pallani) sotib olishni o‘ylab ko‘rishlari mumkin. Bu jasorat va riskni talab qilsa-da, aynan narxlar eng yaxshi qiymatga ega bo‘ladigan payt bo‘lishi ko‘p hollarda uchraydi. Tarix shuni ko‘rsatadiki, avvalgi bozor inqirozlarida ko‘plab kriptovalyutalar tiklanib, hatto yangi rekord cho‘qqilarga ham yetgan. To‘g‘ri vaqtda sotib olganlar uchun bu strategiya sezilarli daromad keltirishi mumkin.

5. Stop-loss buyurtmalarini o‘rnating

Stop-loss buyurtmalari treyderlar uchun juda muhim, ayniqsa narxlar pasaya boshlaganda. Stop-loss buyurtmasini o‘rnatish, agar narxlar tushishda davom etsa, treyderlarning yo‘qotishlarini cheklashga yordam beradi. Bu strategiya bozor pasayishining ta’sirini kamaytirish imkonini beradi va o‘zini ishonchliroq his qilishga yordam beradi.

Asosiy fikr shuki, kriptovalyuta bozorida savdo qilish doimiy o‘rganish jarayonidir. Kripto narxlari pasayganda nima qilish kerakligini tushunish — doim o‘zgarib turadigan ushbu bozorda treyder muvaffaqiyatining muhim qismi. Ushbu maslahatlar bozor pasayishlari paytida treyderlarga puxta va xabardor qarorlar qabul qilishga yordam beradi hamda bozorning o‘zgaruvchanligidan foyda olish imkonini beradi.#Binance #BTC #crypto2023 #BNB #trading