Ajoyib mart oyidan so‘ng, Ripple’ning o‘z kriptovalyutasi XRP o‘shandan beri unchalik taassurot qoldira olmadi. 18-apreldan buyon XRP narxi 0,50 dollardan oshmadi. Biroq 0,45 dollarlik qo‘llab-quvvatlash darajasi saqlanib turibdi.
So‘nggi 30 kun ichida XRP boshqa asosiy kriptovalyutalarga, ayniqsa Bitcoinga nisbatan sustroq natija ko‘rsatdi. Bitcoin qiymati 3,8 foizga oshgan bir paytda, XRP qiymatining 8,8 foizini yo‘qotdi. Xuddi shuningdek, hafta davomida Bitcoin narxi o‘zgarmadi, XRP esa 3,3 foizga pasaydi.

Texnik tahlil
XRP $0.45 darajasini zo‘rg‘a ushlab turgan bir paytda, texnik indikatorlar vaziyat bundan ham yomonroq ekanini ko‘rsatmoqda. Hozirda XRP $0.480 lik 50 kunlik oddiy harakatlanuvchi o‘rtacha va $0.467 lik 50 kunlik eksponensial harakatlanuvchi o‘rtacha qiymatlaridan pastda. Bu aniq pasayish tendensiyasidan dalolat beradi.
Ayni paytda XRP’ning RSI yoki nisbiy kuch indeksi 45 ga teng, ya’ni XRP na haddan tashqari xarid qilingan, na haddan tashqari sotilgan. Eslatib o‘tamiz, RSI 70 dan yuqori bo‘lsa, aktiv haddan tashqari xarid qilingan, 30 dan past bo‘lsa, haddan tashqari sotilgan hisoblanadi.
Bundan tashqari, XRP narxining kelgusidagi harakatiga asosan ikki omil ta’sir qiladi: Bitcoin narxining harakati va sud jarayonlari. Bitcoin’ga kelsak, yetakchi kriptovalyuta hozir $29 mingdan yuqorida savdo qilinmoqda va yuqoriga harakatlanganda qarshilikka duch kelmoqda.
Grafiklarga qaraganda, Bitcoin $30 mingdan yuqoriga qaytishidan oldin yana bir tuzatish bosqichini boshdan kechiradiganga o‘xshaydi. Bunday holatda XRP ham shunga o‘xshash yo‘nalishda harakatlanib, bozor qo‘llab-quvvatlash darajasini topishidan oldin pasayishi mumkin.
Bundan tashqari, SEC’ning da’vosi Ripple uchun hozircha ancha yaxshi kechmoqda. Sudning yakuniy qarori tez orada e’lon qilinadi va ijobiy natija XRP narxini oshiradi.
Maqola ilk bor RippleCoinNews.com saytida chop etilgan