AQSh Federal zaxira tizimi (#Fed) foiz stavkasini 25 bazis punktga oshirdi. #Powell: #Banking sektori holati, umuman olganda, yaxshilandi. #Inflyatsiyani yana 2% ga tushirishga qat’iymiz. #Narxlar barqarorligi va maksimal bandlikni ta’minlashga e’tibor qaratishda davom etamiz. Ma’lumotlarga asoslangan yondashuvni qo‘llaymiz. #Inflyatsion bosim yuqoriligicha qolmoqda. #Inflyatsiya 2% ga qaytishidan oldin hali ko‘p ish qilishimiz kerak. #Powell: Agar stavkani yana oshirish kerak bo‘lsa, bunga tayyormiz. #Foiz stavkasi oshirilishi to‘xtatilgan-to‘xtatilmaganiga iyun oyidagi yig‘ilishda javob olamiz. #Fed ekspertlarining prognozlari Fed siyosatchilarining prognozlaridan mustaqil. Ushbu yig‘ilishdagi #ekspertlar prognozlari, umuman olganda, mart oyidagi yig‘ilishdagilarga o‘xshash bo‘ldi. #Powell: Prognozlarimda retsessiya yo‘q, mo‘tadil o‘sish bor. #Banking sektoridagi konsolidatsiya bir muncha vaqtdan beri davom etmoqda. Banklarni yanada konsolidatsiya qilish bo‘yicha kun tartibimiz yo‘q. #Moliyaviy barqarorlik va pul-kredit siyosati vositalari birgalikda yaxshi samara beradi.