ALTA kompaniyasining CVOsi Yaroslav Ivanov. Fotograf: Sai Karri / Crypto Cowboy Media
Kripto sohasida 8 yillik tajribaga ega asoschi Yaroslav Ivanov Consensus 2023 tadbirida ilk bor qatnashdi va tadbir haqidagi dastlabki taassurotlari faqat yanada mustahkamlanganini his qildi. 2017-yilni eslar ekan, Yaroslav bu soha vakillari tadbirni qanday intizorlik bilan kutganini yodga oladi: ular Bitcoin narxiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan muhim, ichki qarorlar qabul qilinishiga umid qilishgan.
Bugun ishtirokchilarning kayfiyati ancha boshqacha: ayrimlar yaqindagi bozor pasayishidan hali ham tiklanayotgan bo‘lsa, boshqalar hozirgi sharoitlarni o‘sish uchun ayni muddao deb biladi.
Kripto bozorining holati
Bozor barqarorligicha qolmoqda, hamjamiyat esa blokcheyn ekotizimini yaratishga astoydil kirishgan. BlackRock, PepsiCo, MoneyGram va J.P. Morgan kabi yirik Web2 korporatsiyalarining ishtiroki ommaviy qabul qilish yaqinlashayotganidan dalolat beradi.
Dasturchilar hamjamiyatida yosh ishtirokchilar soni ortib bormoqda, talabalar esa allaqachon ko‘plab mahsulotlar yaratishdi. Kripto bozori ijodkorlik va innovatsiyalar uchun keng imkoniyatlar taqdim etib, texnik bilim darajasidan qat’i nazar, hamma uchun ochiq. U butun dunyoga o‘rganish va naf ko‘rish uchun ulkan maydon ochdi.
Tartibga solish bosimi
SEC va Coinbase internetda keskin bahs olib borayotgan bir paytda, yirik korporatsiyalar Web3’dagi manfaatlaridan xavotirda.
ALTA kompaniyasining hammuassisi va CVOsi Yaroslav Ivanov: «Milliardlab dollarlik ko‘plab korporatsiyalar Web3’ga qo‘shilayotganidan mamnunman, ammo ular kripto sanoatining bir qismi bo‘la olishini tan olishga jur’at topolmayotganidan hafsalam pir. “Ayiqlardan qo‘rqsangiz, o‘rmonga bormang” — ular o‘zlarini qo‘lga olishlari yoki ALTA’dan maslahat so‘rashlari kerak. SEC kabi tashkilotlar o‘z mavqelaridan foyda olishda va o‘z ishlarini bajarishda davom etishi lozim; bu hamma kripto sanoatidan yuz o‘girishi yoki undan qo‘rqishi kerak degani emas».
AQSh bozorida bu sanoatning hayoti tugamaydi. Mamlakatlar ommaviy qabul qilish yo‘lida sekin-asta olg‘a bormoqda. Web2’dan Web3’ga o‘tishdan qo‘rqadiganlar sport tadbirlari homiylari kabi sportchi bo‘lmasdan turib homiylik qilishlari mumkin.
Barqaror rivojlanish yo‘nalishi
Yaroslav CoinMarketCap’ning kriptovalyutalar bo‘yicha eng yaxshi 50 taligi orasida barqaror rivojlanishga bo‘lgan qat’iy intilishdan ta’sirlandi. U, shuningdek, yosh avlodga Satoshi qarashlariga mos ravishda, SEC tarqatayotgan qo‘rquv, noaniqlik va shubhalar ta’sir qilmayotganini qayd etdi.
Loyiha EVM’lari sanoat uchun yangi strategik investitsiyalarni jalb qilmoqda, uzoqni ko‘zlagan asoschilar esa kelajagimizni soddalashtirish va optimallashtirish uchun DLT texnologiyasidan foydalanishda davom etmoqda.
Sahna ortida milliardlab dollar tikilgan muhim qarorlar qabul qilinmoqda. Yangi loyihalar ekotizimdagi ichki mahsulotlar soni va sifatini oshirishga qaratilgan ALTA’ning Blockchain Accelerator dasturiga ariza topshirishi mumkin.
Web3 smartfoni yetib keldi

ALTA Blockchain Lab’ga Consensus boshlanishidan bir kun oldin bo‘lib o‘tgan, bo‘lajak Solana Mobile Saga taqdim etilgan «Afsonaga aylan» nomli yopiq tadbirga taklifnoma yuborildi.
Bu tadbir dasturchilarni Solana platformasida dApp’lar yaratishga undaydigan ajoyib rag‘batdir, chunki ular o‘z ishlanmalarini Saga’da darhol amalda ko‘rishlari mumkin. Solana hozircha Android operatsion tizimidan foydalanishi kerak bo‘lsa-da, Web3 sanoatining barcha vakillari bilan birga ilk blokcheyn operatsion tizimini intiqlik bilan kutmoqdamiz.
ALTA kompaniyasining ijodiy ishlar bo‘yicha vitse-prezidenti Oleksandr Babak: «Loyihalarini Solona’da yaratgan barcha dasturchilarga faqat havas qilish mumkin. Endi ular barcha foydalanuvchilariga o‘z ishlanmalaridan bevosita kripto-smartfonlarida foydalanishning noyob markazlashmagan tajribasini taqdim eta oladi».
Solana hammuassisi Anatoly Yakovenko va ALTA hammuassisi Yaroslav Ivanov Ukrainada tug‘ilgan. Hozirda ukrainalik ko‘plab iste’dodli insonlar blokcheyn sanoatini rivojlantirayotganini hisobga olsak, bu ajablanarli emas.
Consensus 2024
Qiyinchiliklarga qaramay, CoinDesk sa’y-harakatlari tufayli Consensus 2023 ko‘plab yangi ishtirokchilar qalbidan joy oldi va kriptovalyuta bozorini mustahkamladi. Keyingi Consensus 2024 sanalari ham e’lon qilindi: 29-maydan 1-iyungacha, Texas shtatining Ostin shahrida. Bu ajoyib kriptovalyuta bozorining bir qismi bo‘lish barchaga nasib etsin. Eng arzon narxlardagi chiptalarni hoziroq xarid qilish mumkin. U yerda ko‘rishguncha.
