Ma’rifiy maqola:
ODDIY HARAKATLANUVCHI O‘RTACHA (SMA)

Harakatlanuvchi o‘rtacha (MA) MA — yoki «oddiy harakatlanuvchi o‘rtacha» (SMA) — qisqa muddatli narx sakrashlari ta’sirisiz, joriy narx trendining yo‘nalishini aniqlash uchun ishlatiladigan indikator. MA indikatori moliyaviy instrumentning belgilangan vaqt oralig‘idagi narx nuqtalarini birlashtiradi va yagona trend chizig‘ini ko‘rsatish uchun ularni ma’lumotlar nuqtalari soniga bo‘ladi. Ishlatiladigan ma’lumotlar MA davrining uzunligiga bog‘liq. Masalan, 200 kunlik MA uchun 200 kunlik ma’lumotlar kerak bo‘ladi. MA indikatoridan foydalanib, qo‘llab-quvvatlash va qarshilik darajalarini, bozor narxining trendini o‘rganishingiz hamda narxning avvalgi harakatlarini (bozor tarixini) ko‘rishingiz mumkin. Bu esa kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan shakllarni ham aniqlash imkonini beradi. Kichikroq va kattaroq MA chiziqlarining kesishish nuqtalarida xarid va sotuv nuqtalari va hokazo.